Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus sababli 13-martdan boshlab Italiya fuqarolarini mamlakat ichkarisiga o‘tkazmaslik haqidagi hukumat farmoyishini imzolagan, deb yozmoqda TJournal.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 12-martning asosiy xabarlari
Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka davomida Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 6 ta yangi holat kuzatilgan: 4 nafar bemorning Moskvada, bir nafar odam Krasnodar o‘lkasida va yana bir nafar fuqaro Kaliningrad viloyatida ekani ma’lum qilingan. Kasallanganlarning hammasi Italiyadan 1-mart kuni qaytgan odamlar. Shu tariqa Rossiyada virus bilan kasallanganlar soni 34 nafarga yetgan. Mavzuga doir:







