Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekistonga bir qator mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilar kirib kelishi bo‘yicha o‘rnatilgan cheklovlar tufayli 2020-yilning mart—aprel oylarida Parij, London, Frankfurt, Tel-Aviv, Bangkok, Kuala-Lumpurdan bo‘lgan milliy avialiniyalar orqali safarni rejalashtirayotgan xorij davlatlari fuqarolari uchun aviachiptalarni jarima to‘lovisiz qaytarish imkoniyati taqdim etilishini xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Shuningdek, chiptalarni O‘zbekistonga Singapur, Gonkong, Makao, Tayvan orqali keluvchi yo‘lovchilar ham jarimasiz qaytarishi mumkin. Ular asosan Bangkok va Kuala-Lumpurdan parvozni amalga oshiradi.

Batafsil ma’lumot uchun +998781400200 raqami orqali Yagona aloqa markaziga murojaat qilish mumkin, — deyiladi xabarda.

Xabar matni aviakompaniyaning Telegram’dagi rasmiy kanalida o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.