Tunis bosh vaziri Yusuf Shahid bir yarim ming AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ni, ya’ni bir oylik ish haqini poytaxtning “Klub Afriken” jamoasi hisob raqamiga o‘tkazdi, deb yozmoqda “Regnum”.
Yusuf Shahid klub hisob raqamiga bir oylik maoshi 4 600 tunis dinorini xayriya qilgan. Pullar moliyaviy bahslarni tartibga solish maqsadida tashkil etilgan fond hisobiga o‘tgan.
Fond iqtisodiy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelgan va qarzga botib ketgan klubning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida tashkil qilingandi.
Tunisda sentabr oyida prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan. Ularda hech qaysi partiya vakili bo‘lmagan mustaqil nomzod Kais Said g‘alaba qozongan. Saylovlardan keyin bosh vazir Yusuf Shahid tashqi ishlar hamda mudofaa vazirlarini iste’foga chiqargan.
Izoh (0)