Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tunisda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Nabil Karavi korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Karavi va uning ukasi “pul yuvish” va soliqlardan qochishda ayblanmoqda. Ayni vaqtda ular tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Nabil Karavi Tunisdagi eng yirik biznesmenlardan biri hisoblanadi. Unga Nessma muxolifat telekanali tegishli.

Hozirda Tunis Markaziy saylov komissiyasi saylovda ishtirok etuvchi 97 nomzoddan 26 nafarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi 2-sentabr kuni boshlanib 13-sentabrda tugaydi. Ovoz berish jarayonlari 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi va 17-sentabr kuni javoblar e’lon qilinadi. Zarurat tug‘ilganida ikkinchi tur saylovlari 3-noyabrga qadar o‘tkazilishi lozim.

Tunis prezidenti Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sibsiy 25-iyul kuni 92 yoshida mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat