O‘zbekiston va Hindiston umumiy summasi 3 milliard dollar atrofida bo‘lgan 50 ta investitsiya loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Mazkur kelishuvlarga Dehlida 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan hind-o‘zbek biznes-forumi davomida erishildi.
Shuningdek, biznes-forum doirasida Savdo-sanoat palatasi va Hind sanoati konfederatsiyasi o‘rtasida Hindiston va O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashini tuzish to‘g‘risida kelishuvga ham erishildi.
29-sentabr kuni O‘zbekiston milliy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yerdaga stendlarda mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, meva-sabzavot va konditer mahsulotlari o‘rin olgan.
Izoh (0)