Termiz shahridagi “Surxon-nashr” nashriyoti “Surxondaryo muallimlari” nomli adabiy-ommabop kitobni ko‘p nusxada chop etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kitobda mustaqillik yillarida vohada ta’lim-tarbiya sohasini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgan va davlatning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan 130 dan ortiq ustozning ibratli, sermazmun mehnat faoliyati, boy ish tajribasi, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llagan o‘ziga xos uslubi keng yoritilgan.
Kitob viloyatda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbir ishtirokchilariga bayram sovg‘asi sifatida tuhfa qilinadi.
Izoh (0)