O‘zbekistonning bir qator shaharlarida 29-sentabr, shanba kuni yerosti silkinishlari sezildi. Zilzila epitsentri Navoiy viloyatining Nurota tumani hududida (Toshkentdan 282 kilometr g‘arbda) bo‘lgan.
“Gazeta.uz”ning O‘zbekiston FVV Respublika seysmoprognostik monitoring markaziga asoslanib xabar berishicha, epitsentrda zilzila magnitudasi 4 ni tashkil etgan, zilzila o‘chog‘i 34 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Yerosti silkinishlarining kuchi Navoiy shahrida (epitsentrdan 69 km uzoqlikda) 3 ball bo‘lib, Samarqand (120 km), Buxoro (156 km) va Jizzaxda (158 km) 2 ball bo‘lib sezilgan.
Izoh (0)