Sharqiy Afrikadagi Jibuti davlati qo‘shni Eritreyani bahsli hududlarni okkupatsiya qilishda aybladi. Tegishli bayonotni 16-iyun kuni Jibuti tashqi ishlar vaziri Mahmud Ali Yusuf berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
Yusufning so‘zlariga qaraganda, bu Qatar 12–13-iyun kunlari mintaqadan tinchlikparvar kuchlarini olib chiqib ketganidan so‘ng ro‘y berdi. O‘sha paytning o‘zida mazkur hududlarda Eritreya harbiylari joylashtirilgan edi.
“Hozir ular Dumayra tog‘i va orolini nazorat qilmoqda. BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining buzilishidir”, — dedi vazir va Jibuti AQSh hamda Afrika ittifoqiga arz qilganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
Izoh (0)