Meksikada meros uchun kechgan bahs oilaning besh nafar a’zosini o‘limi bilan yakun topdi. Bu haqda Mexiko shtati politsiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Idora xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, mulkiy munosabatlarga oydinlik kiritish voqeasi Ekatsingo ma’muriy hududida sodir bo‘lgan. Qarindoshlar “dalillar” sifatida o‘qotar qurol va boltadan foydalangan.
Natijada voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari to‘rt nafar jasadni hamda ikkita yoqib yuborilgan avtomobilga duch kelgan. Yana bir odam shifoxonada jon taslim qildi, mojaroning boshqa ikki nafar ishtirokchisi jarohati sabab hamon shifoxonada.
Huquq-tartibot xodimlari qotillik yuzasidan jinoyat ishi ochgan.
Izoh (0)