Pentagon Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini oshirish bo‘yicha qaror qabul qilmadi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili Kristofer Shervud ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 mingdan ortiq amerikalik harbiy jo‘natilishi ehtimoli haqidagi savolga javoban Shervud “Yo‘q, hech qanday qaror qabul qilinmadi”, dedi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 13-iyun, seshanba kuni Pentagon rahbari Jeyms Mettisga Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingenti sonini belgilash vakolatini taqdim etdi.
Ma’lumot uchun, hozirda Afg‘onistonda 8,4 ming kishidan iborat AQSh kontingenti bo‘lib turibdi.
Izoh (0)