Shimoliy Koreya qamoqxonasidan ozod qilingan 22 yoshli amerikalik talaba Otto Vormbiyerni kuzatayotgan shifokorlar uning miyasi jiddiy zararlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shifokorlarga ko‘ra, Vormbiyer uyg‘oq holatida ham hech qanday tashqi ta’sirlarga e’tibor bermayapti. U ko‘zini ochadi, pirpiratadi, biroq na so‘zlar, na imo-ishoralarni tushunadi.
Unga miya asab tolasi yo‘qotilishi tashxisi qo‘yildi. Talabadagi miya holati qon yetarli darajada yetib kelmagani oqibatida asab hujayralari o‘limi bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda.
KXDR tomoni amerikalik talabani botulizmdan davolaganini da’vo qilgandi, biroq unda ushbu kasallik asoratlari aniqlanmadi.
Izoh (0)