Istanbulning Beyko‘z dahasidagi restoranda yuz bergan otishma terakt emas, balki shaxsiy kelishmovchilik ortidan yuz bergan voqeadir. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, halok bo‘lgan erkak shu restoran mehmoni bo‘lgan. Uning yoniga boshqa bir erkak kelgan va ular gap talashib ketgan, shundan so‘ng ulardan biri ikkinchisiga qarata o‘q uzgan.
Dogan agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q uzgan shaxs bundan 12 yil avval uning otasini o‘ldirgan erkakni otib tashlagan. Hujum vaqtida yana ikki kishi jabrlangan.
O‘q yegan shaxs shifoxonaga yetmay, vafot etgan. Mazkur holat terakt sifatida baholanmagan. O‘q uzgan shaxs hibsga olingan.
Avvalroq Istanbuldagi restoranda otishma yuz berib, bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)