Oq uy AQSh va Saudiya Arabistoni Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv og‘ishmay bajarilishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
29-yanvar, yakshanba kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabiston qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
“Suhbat chog‘i ikki yetakchi Eron bilan harakatlar rejasi og‘ishmay bajarilishi va Eronning mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtiruvchi faolligiga javobning zarurligi haqida bir to‘xtamga keldi”, — deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan kommyunikeda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)