Malayziya sharqida bortida xitoylik sayyohlardan iborat 28 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi, jami 31 kishi bo‘lgan kema halokatga uchrashi tufayli 6 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Qutqaruvchilar kema g‘oyib bo‘lganidan salkam bir sutka o‘tib 25 kishini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ulardan 3 nafari halok bo‘lgani aniqlandi. 22 kishi, jumladan, ikki nafar ekipaj a’zosi qirg‘oqqa olib chiqildi va kasalxonaga yetkazildi.
Malayziya qutqaruv xizmatlari qidiruv hududini kengaytirmoqda. Qutqaruv operatsiyasiga Bruney davlati vakillari ham qo‘shildi. 30-yanvar, dushanba kuni qayta tiklangan qidiruv ishlariga Malayziyaning bir necha kemasi va samolyoti, shuningdek, Bruneydan yuborilgan vertolyot safarbar etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)