Muhojirlar bilan bog‘liq buhron yechimini Yevropadan qidirmaslik kerak, chunki qit’a davlatlari yordam kerak bo‘lgan barchani qabul qilolmaydi. Germaniya sobiq kansleri Gelmut Kol shunday hisoblaydi; uning fikrlari Der Tagesspiegel nashrining elektron ko‘rinishida chop etildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning aytishicha, buhron yechimi Yevropada emas, qochoqlar kelayotgan mamlakatlarda topilishi kerak. “Yevropa butun dunyodagi millionlab kishilar uchun yangi vatan bo‘lolmaydi. Qit’a jiddiy sinovga duch keldi, undagi davlatlar sheriklariga tayanmay harakat qilmasligi zarur”, — deb ta’kidladi sobiq kansler.
Kol 19-aprel, seshanba kuni uyida Yevropa siyosati bo‘yicha qarashlarini ma’qullaydigan va o‘zining do‘sti deb hisoblaydigan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qiladi.
Izoh (0)