Ekvadorning oltita provinsiyasida kuchli zilzila tufayli favqulodda holat e’lon qilindi, deb yozadi “Interfaks”. Milliy gvardiya safarbar etilgan.
Vitse-prezident Xorxe Glas vaziyatni izohlashicha, Portovyexo shahrida 16 kishi, Mantada 10 kishi va Guayas provinsiyasida ikki kishi halok bo‘lgan.
Nashr eslatishicha, 7,8 magnitudali zilzila epitsentri Muisne shahridan 27 km janubi-sharqda, o‘chog‘i esa 19 km chuqurlikda joylashdi.
Tinch okeani sunami haqida ogohlantirish markazi zilzila epitsentridan 300 kilometrgacha masofada xavfli to‘lqinlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Izoh (0)