Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyan uyiga tashlangan granata o‘quv qurilmasi bo‘lib chiqdi. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15-aprel, juma kuni mahalliy vaqt bilan 18:25 atrofida noma’lum kimsa avtomobilda Armanistonning ikkinchi prezidenti uyiga yaqinlashgan va qo‘riqchilar xonasi tomonga o‘quv granatasi uloqtirgan. Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan, hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, guvohlar so‘roq qilingan. Granata uloqtirilgan avtomobil rusumi va rangini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Ayni paytda bunga qo‘l urgan shaxsni aniqlash uchun tezkor-qidiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deya ta’kidladi qo‘mita vakillari.
Avgustda 62 yoshni qarshi oladigan Kocharyanning o‘zi hodisa ro‘y bergan paytda “Sistema” kompaniyasi direktorlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lgan.
Izoh (0)