Tyumen vakilasi Yana Dobrovolskaya “Rossiya go‘zali — 2016” milliy tanlovida g‘olib bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Ko‘rik finalida mamlakatning 50 nafar eng go‘zal qizlari ishtirok etdi.
G‘olibga oq oltindan ishlanib, olmos va marvarid bilan bezatilgan 1 million dollarlik eksklyuziv toj kiydirildi. U mukofotni 2015-yilgi Rossiya go‘zali Sofiya Nikitchuk qo‘lidan qabul qilib oldi.
Dobrovolskaya, shuningdek, 3 million rubl, avtomobil va, asosiysi, “Dunyo go‘zali” va “Koinot go‘zali” tanlovlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
18 yoshli Yana bal raqslari bilan shug‘ullanadi, kitob o‘qish va faol dam olishni yaxshi ko‘radi, bolalar psixologiyasiga qiziqadi.
Izoh (0)