Dadaviz sayti yaratuvchisi Jishay Evers Teylor Sviftning “1989” nomli albomidagi qo‘shiqlarga ishlangan kliplarni ko‘rishga insoniyat qancha vaqt sarflaganini hisoblab chiqdi, deya xabar bermoqda Look At Me.
Buning uchun u YouTube’da kliplarning tomosha qilinganlik statistikasini oldi va har bir videoning ko‘rilganlik miqdorini uning davomiyligiga ko‘paytirdi. Internet foydalanuvchilari eng ko‘p Blank Space klipiga vaqt sarflagan. Uni jami 5620 yil ko‘rishgan. Klip o‘tgan yil noyabrida e’lon qilingan, shu paytgacha uni 880 million marta tomosha qilishgan.
Shuningdek Shake It Off videosiga 4471 yil, Style’ga 989 yil va Bad Blood klipini ko‘rishga 347 yil vaqt ketkazishgan. To‘rtta klipga jami 11 427 yil sarflangan.
Izoh (0)