Avstraliya hukumati Gollivud aktyori Jonni Depp o‘zining teryer zotidagi ikkita kuchukchasini mamlakatga ruxsatsiz olib kirgani uchun 10 yilga qamalishi yoki 340 ming dollar jarima to‘lashi mumkinligini tasdiqladi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Deppning uchuvchisi ham bu ishda qatnashganligi uchun 2 yilga qamalishi mumkin.
Bu haqda Kanberrada o‘tkazilgan Avstraliya senatining qishloq xo‘jaligi, mintaqaviy va transport ishlari bo‘yicha qo‘mitalariining yig‘ilishida ma’lum qilindi. Yig‘ilganlar qarshisida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari chiqish qildi. Barcha qo‘mita a’zolari Bu va Pistol laqabli yorkshir teryerlarini kim mamlakatga kiritganiga oydinlik kiritishni istadi.
Bu ishni Avstraliya Qishloq xo‘jaligi vazirligi surishtirishda davom etadi. Depp, uning hamrohlari va ekipaj a’zolari itlarni deklaratsiya qilmagan, deb hisoblanmoqda. Avstraliya bojxonasi vakillari esa Bu va Pistolni yo‘lovchilarni tushurish jarayonida ko‘rmagan.
“Karib dengizi qaroqchilari—5” filmining suratga olish ishlari Avstraliyada o‘tkazilmoqda. Film bosh qahramoni Jonni Depp shu sababli mamlakatga tashrif buyurgandi.
Avstraliya Qishloq xo‘jaligi vaziri Barnabi Joys aktyorga talab qo‘ydi: yo 50 soat ichida u kuchuklarni mamlakatdan olib chiqib ketadi yoki itlar zaharlab o‘ldiriladi. Depp oldin kuchuklarni AQShga jo‘natdi, 25-may kuni esa o‘zi ham Avstraliyadan chiqib ketdi.
Izoh (0)