Avstriyada bo‘lib o‘tgan Eurovision-2015 musiqa tanlovida shvetsiyalik xonanda Mons Zelmerlyov g‘alaba qozondi. Echo.msk.ru’ning xabar berishicha, u to‘plagan ballari soni bo‘yicha rossiyalik Polina Gagarinani ortda qoldirdi, Gagarina tanlovda 2-o‘rinni egalladi.
Zelmerlyov Venadan turib Rossiya televideniyesiga intervyu berarkan, jumladan shunday dedi: “Sizning xonandangiz Polina juda zo‘r ko‘ylaydi va u juda chiroyli qiz... Men albatta Rossiyaga boraman”.
Ayni vaqtda, The Washington Post’ning yozishicha, Rossiya bir jinsli juftliklar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan siyosati sabab Eurovision’da g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Gazetaning qayd etishicha, tanlovni kuzatib borayotgan musiqa ixlosmandlariga o‘rni bo‘lsa-bo‘lmasa Rossiyada bir jinsli munosabatlarni targ‘ib qilishga qarshi qaratilgan qonunlar borligi eslataverilgan.
Izoh (0)