Shimoliy Koreya mamlakatning sharqiy sohillarida joylashgan Vonsan portidan “kema – kema” toifasidagi qisqa masofaga mo‘ljallangan uchta raketani sinov tariqasida uchirdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Qo‘shinlarning birlashgan shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, qisqa masofaga mo‘ljallangan KN-01 raketalari uchirilgan. Raketalar Yapon dengizi tomon mahalliy vaqt bilan 16:25dan 17:23gacha bo‘lgan oraliqda uchirilgan.
Yonhap axborot agentligi xabariga ko‘ra, KXDR raketalarni, agar Janubiy Koreya kemalari Sariq dengizda chegarani buzib o‘tishga urinsa, ogohlantirmasdan o‘t ochish bilan tahdid qilganidan so‘ng uchirgan.
Kyodo agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, uchirilgan raketalar 100 kilometr uzoqlikdagi nishongacha yetib bora oladi. Bu 6-fevral kuni KXDR yetakchisi Kim Chen Inning shaxsiy kuzatuvi ostida uchirilgan raketalarning yaxshilangan variantidir.
Izoh (0)