Nepalda aprel oyida ro‘y bergan vayronkor zilziladan so‘ng aholi o‘rtasida vabo va boshqa xavfli kasalliklar tarqalishi ehtimoli tahdid solmoqda. Echo.msk.ru’ning xabar berishicha, bunga mamlakatdagi antisanitariya holati va yomg‘irlar mavsumining yaqinlashib kelayotgani sabab bo‘lishi mumkin.
Himolay tog‘lari etaklarida joylashgan, Osiyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblangan zilzila natijasida qariyb 8 ming kishi halok bo‘ldi, 14 mingdan ortig‘i tan jarohati oldi.
Amerika qit’asining eng qashshoq mamlakatlaridan biri – Gaitida 2010-yil boshida qariyb shunday holat sodir bo‘lgan, o‘shanda zilzila natijasida 230 ming kishi halok bo‘lgandi, oradan bir necha oy o‘tib kuzatilgan vabo epidemiyasi 7,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.
Izoh (0)