AQSHning Missisipi shtatida joylashgan Xarrisberg shahrida shanba kuni oqshomda politsiyachilar ishtirokida otishma yuz berdi. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.
Hodisa natijasida jabrlangan politsiyachilar zudlik bilan mahalliy kasalxonaga olib kelingan, ikki politsiyachi shu yerda vafot etgan, ularning ismi oshkor etilmayapti.
Gumonlanuvchilar sifatida Xattisbergda istiqomat qiluvchi Kyortis va Marvin Benksilar qidirilmoqda.
Mahalliy politsiya boshqarmasi shahar aholisidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan.
Izoh (0)