Ukrainada “Saylovlar” (“Выборы”) axborot-tahliliy tizimi noma’lum kishilar tomonidan buzib tashlandi. Endi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlaridagi ovozlar qo‘lda hisoblanadi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov o‘z saytida ma’lum qildi.
“Markaziy saylov qo‘mitasi bu haqda ichki ishlar vazirligi va Ukraina xavfsizlik xizmatiga juda kech xabar berdi. Qo‘mita dasturchilari ushbu qurilmani hozirgacha tuzata olishmadi”, — deb yozadi Avakov. U endi ovozlarning qo‘lda hisoblanishi, natijada hisobot yanada ishonarli bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)