Payshanba kuni Ukrainaning Donetsk viloyati Blagodatnoye qishlog‘i yaqinidagi ukrain armiyasi blokpostiga noma’lum kishilar hujum qildi, natijada Ukraina harbiylarining 16 nafari halok bo‘ldi, 30 dan ortig‘i yaralandi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ukraina mudofaa vazirligi bu ish rossiyaparast ayirmachilar tomonidan amalga oshirilganini ta’kidlamoqda. Rossiya OAVlari talqiniga ko‘ra, tinch aholini o‘qqa tutishni xohlamagan harbiylarga yollanma askarlar tomonidan jazo hujumi uyushtirilgan.
Bu orada rossiyaparast isyonchilar Donetsk viloyatidagi Gorlovka shahar militsiya boshqarmasini egallab olishdi va ularning so‘zlariga ko‘ra, ukrain harbiylaridan tortib olingan qurollarni namoyish etishdi.
Izoh (0)