Venesuela poytaxti Karakasda juma kuni kechqurun avtobus yo‘lovchilari kollektiv o‘g‘rilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan jinoyatchini olomon qilib o‘ldirishdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qurollangan jinoyatchi avtobusga chiqqan va yo‘lovchilardan pul va qimmatbaho buyumlarini unga topshirishlarini so‘ragan. Shunda yo‘lovchilardan biri uning qo‘lidagi to‘pponchani urib tushirgan, qolganlar ham unga tashlanib, do‘pposlay boshlagan. Jinoyatchi olgan jarohatlari natijasida halok bo‘lgan.
Izoh (0)