Eron sudi mamlakatda Instagram ijtimoiy tarmog‘ini yopib qo‘yish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Eronning Mehr News agentligi xabar berdi.
Qaror fuqarolar shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash uchun chiqarildi. Biroq yakuniy qaror aloqa vazirligi tomonidan qabul qilinadi. Ayni paytda dastur ochiq turibdi.
Ta’kidlash joiz, may oyida WhatsApp ommabop messenjerining yopilishi haqida xabarlar tarqagan, biroq rasmiy Tehron ularni tezda rad etgan.
Mamlakat hukumati internet-makon va ijtimoiy tarmoqlarni filtrlash bilan faol shug‘ullanadi. 2009-yildan eronliklar uchun Twitter, Facebook va YouTube yopib qo‘yilgan.
Izoh (0)