Yangi Zelandiyada uyda yolg‘iz qolgan bir juft fransuz buldoglari o‘z egalariga tegishli dorilarni yeb qo‘ygan, so‘ng “trevoga tugmasi”ni bosib, o‘zlari uchun shifokor chaqirgan. Bu haqda North Harbour News xabar berdi.
Shifokorlarning aytishicha, bemorlardan birining uyida favqulodda holat bo‘lgani haqida ogohlantirgan signal 12 marta chalingan. Ular voqea joyiga yetib borib, eshikni taqillatgan. Hech kim ochmagach, uni buzib kirishgan. Ikkita kuchukcha varfarin (tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi preparat) yeb qo‘ygani ma’lum bo‘lgach, ularni veterinar shifokorga jo‘natishgan.
Ichak absorbenti berilgach, buldoglar to‘liq tuzalib ketgan. Shifokorlarning aytishicha, buldoglar besh oylik bo‘lib, bu davrda ularda qiziquvchanlik eng yuqori darajaga yetadi.
Izoh (0)