Avstraliyalik kino va teatr aktrisasi Keyt Blanshett Radio Times nashriga bergan intervyusida aktrisalik faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylayotganini ma’lum qildi.

“Bu gapni aytganimda oila a’zolarim har safar menga ishonmaydi, lekin bu safar men jiddiy aytyapman. So‘nggi kunlarda haqiqatdan ham aktyorlikni tashlash haqida o‘ylayapman”, dedi ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori.
“Hayotimda bajarishim kerak bo‘lgan boshqa juda ko‘p ishlarim bor”, deya qo‘shimcha qildi u.
Blanshettning so‘zlariga ko‘ra, serqirra ijodiy faoliyatiga qaramay, u hech qachon mashhurlikka ko‘nika olmagan va uni suratga olishlariga ko‘nikish uchun uzoq vaqt kerak bo‘lgan.
O‘tgan yili xabar berilishicha, Keyt Blanshett sake ichimligi ishlab chiqaruvchi “Toku Sake” kompaniyasining direktori bo‘lgan.
Blanshett 1997-yilda ssenarist va montaj muharriri Endryu Apton bilan turmush qurgan. Ularning to‘rt nafar farzandi: o‘g‘illari Deshiel, Roman va Ignatius hamda qizi Editalar bor.
Avvalroq Keyt Blanshett “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida (2001, 2002 va 2003-yillarda ishlangan) yaratgan obrazidan “hech kim hech qancha pul ishlamagan”ini aytgan edi.
Izoh (0)