Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 25—26-aprel kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Italiya Vazirlar kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning iyunida Italiyaga rasmiy tashrif bilan borganida ushbu mamlakat Vazirlar kengashi raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazgandi. Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilingandi.
Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jorja Meloni 26—27-aprel kunlari Qozog‘istonda bo‘ladi. 27-aprel kuni Ostona shahrida birinchi “Markaziy Osiyo—Italiya” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda Italiya bosh vaziri va besh respublika rahbarlari ishtirok etadi.
Izoh (0)