• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Italiya parlamentidagi eng yirik partiya Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi tufayli parchalanib ketdi

    Italiya parlamentidagi, hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi eng yirik partiya — “Besh yulduz harakati”da bevosita Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasi bilan bog‘liq ixtilof yuzaga keldi, deb yozadi Meduza.

    Juzeppe Konte va Luiji Di Mayo

    Juzeppe Konte va Luiji Di Mayo
    Foto: Getty Images

    Iyun boshida partiya yetakchisi va sobiq bosh vazir Juzeppe Konte Italiya o‘z kuchlarini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga erishishga qaratishi kerakligini aytgandi. “Biz qurol yuborishda uch marta ishtirok etdik, hozir esa diplomatiya sohasida qo‘shiladigan hissa qimmatliroq bo‘ladi, deb o‘ylayapmiz”, — dedi u. Partiyaning sobiq yetakchisi va amaldagi Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo  qurol yetkazishni to‘xtatishga qarshi chiqdi, uni Il Post nashri yevropalik siyosatchilar ichida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning eng chinakam tarafdorlaridan biri deb atamoqda.

    Ziddiyatlar 23—24-iyun kunlari o‘tkaziladigan va Ukrainaga Yevroittifoqqa a’zolik nomzodi berilishi kutilayotgan Yevropa kengashi majlisi oldidan Italiya hukumatiga “oq fotiha” beruvchi parlament rezolyutsiyasini tayyorlash chog‘ida yuzaga chiqdi. “Besh yulduz harakati” unga qurol yetkazib berishni davom ettirishga taqiqni kiritishni taklif qildi, ammo Di Mayo va uning safdoshlari bunga qarshi chiqdi. Tashqi ishlar vaziri, xususan, uning partiyasi rezolyutsiyaga Italiyani NATO va Yevroittifoqdan ajratuvchi va shu tariqa davlat xavfsizligini xatarga qo‘yuvchi narsalarni kiritishni taklif qilayotganini aytdi.

    21-iyun kuni uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Italiya senati rezolyutsiyani qurol yetkazib berishni taqiqlash haqidagi bandsiz qabul qildi. Shunga qaramay, Luiji Di Mayo bir necha o‘nlab boshqa parlament a’zolari bilan birga partiyadan chiqishini va “Kelajak uchun birga” nomli yangi parlament guruhi tuzishini e’lon qildi. Matbuot anjumanida siyosatchi o‘zining sobiq maslakdoshlarini ”reytingni bir necha foizga oshirish” uchungina hukumat faoliyatini shubha ostiga qo‘yishga urinishlarda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya a’zolari kimni — hujumga uchragan Ukrainani yoki tajovuzkor Rossiyani qo‘llab-quvvatlash borasida tanlovni amalga oshirishi kerak edi.

    “Urush — matbuot shousi emas. Bu urush o‘ta shafqatsiz, dahshatli ravishda real. Halok bo‘lgan odamlar esa haqiqiy. Shu oylarda parlamentning birinchi siyosiy kuchi butun hukumatning diplomatik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi va muhmallikdan qochishi kerak edi. Lekin bunday bo‘lmadi”, — dedi u. Di Mayo partiyadan chiqish haqidagi qaror og‘ir bo‘lganini aytib, bunday qarorni qabul qilishini hech qachon kutmaganini ta’kidladi.

    Qiziqchi Beppe Grillo asos solgan “Besh yulduz harakati” 2010-yilda saylovchilar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan edi. Bu korrupsiya va siyosiy isteblishment (siyosiy elita)ga qarshi chiquvchi populistik loyiha edi. 2018-yilda parlamentda eng ko‘p sonli partiyaga aylanib, u saylovlarda ikkinchi o‘rinni olgan natsionalistik “Liga” bilan birga koalitsion hukumatni shakllantirdi. Bosh vazir o‘sha payti hech qaysi partiyaga tegishli bo‘lmagan Konte bo‘ldi; Di Mayo va “Liga” yetakchisi Matteo Salvini bosh vazir o‘rinbosarlariga aylandi.

    2021-yilda Konte parlament inqirozidan keyin iste’foga chiqdi; hukumat tepasiga Yevropa Markaziy banki sobiq rahbari Mario Dragi keldi. Sobiq bosh vazir “Besh yulduz harakati” rahbariga aylandi. Natijada Konte, Il Post yozishicha, partiyani ilgarigi radikalizm tomoniga yetaklay boshladi, o‘z karyerasini “Besh yulduz harakati”da qurgan Di Mayo esa mo‘tadilroq, hukumatparast qanot vakiliga aylandi.

    Il Post yozishicha, “Besh yulduz harakati”dagi ixtilof hukumat ishiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Birinchidan, parlamentning yangi eng yirik partiyasi — “Liga” — o‘zining koalitsion hukumatdagi vakilligi kengaytirilishini so‘rashi mumkin. Ikkinchidan, hukumatdagi bir qator vakillari tomonidan tark etilgan “Besh yulduz harakati” koalitsiyadan chiqishi va muxolifatga o‘tishi mumkin. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Juzeppe Konte bu variantni istisno qilmoqda, biroq bu kuzda budjetni muhokama qilish chog‘ida yuz berishi haqida taxminlar aytilmoqda. Il Post qayd etishicha, hatto bu holda ham Mario Dragi parlament ko‘pchiligiga tayanishi mumkin bo‘ladi, ammo u hukumat tarkibini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

    Saylovlardan keyingi to‘rt yil ichida “Besh yulduz harakati”ning parlament quyi palatasidagi fraksiyasi tarkibi 220 dan 105 deputatgacha kamaydi (oxirgi parchalanishni hisobga olganda). Partiya reytingi, Politico ma’lumotlari bo‘yicha, 2018-yildagi 34 foizdan 12 foizgacha tushib ketdi. Italiya parlamentiga navbatdagi saylovlar 2023-yilda bo‘lib o‘tishi kerak, Politico nashri fikricha, siyosatchilarning Ukrainadagi urushga va Vladimir Putinga nisbatan pozitsiyasi ovoz uchun kurashda ahamiyatga ega bo‘ladi.

    Hozir mamlakatdagi eng yuqori reyting (22%) “Italiya birodarlari” o‘ng konservativ partiyasida, u 2018-yilda bor-yo‘g‘i 4 foizga yaqin ovoz to‘plagan bo‘lib, hozir muxolifat tarkibida. Politico qayd etishicha, partiya yetakchisi Jorja Meloni, italyanlarning qariyb yarmi unga qarshi chiqayotgan bo‘lsa-da, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mo‘tadil fikr bildirmoqda va Ukrainaga qurol yetkazishni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Jurnalistlar fikricha, hukumatning unchalik ommabop bo‘lmagan harakatini qo‘llab-quvvatlash orqali, Meloni o‘ziga kelajakda yordam beradigan salobatliroq imij yaratishga urinmoqda. Taqqoslash uchun, yetakchisi Matteo Salvini muhim masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan va endi Ukrainaga qurol yuborishni qo‘llab-quvvatlamayotgan “Liga” reytingi 2019-yildagi 37 foizdan 15 foizgacha pasayib ketgan.

    Mavzuga doir:

    • Italiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari Ukrainaga yetib keldi — OAV
    • “Tinchlikka hech qanday umid ko‘rmadim” — Italiya bosh vaziri Dragi Putin bilan suhbati haqida
    • Italiya urushni tugatish rejasini tayyorladi. U Ukraina tarkibidagi “bahsli hududlar”ga to‘liq muxtoriyat berilishini ko‘zda tutadi

    23.06.2022, 16:30   Izoh (0)   15468
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shiddatli jang ketayotgan Severodonetskdagi ukrainalik askarlar. Xarkov markazidagi vayronalar. Urushning 119-kunidan fotoreportaj

    23.06.2022, 15:36

    Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi — OAV

    23.06.2022, 13:50

    AQSH Rossiya diplomatlarini olib ketishi kerak bo‘lgan maxsus samolyotni qabul qilishdan bosh tortdi

    23.06.2022, 13:40

    Rossiya harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida Estoniya hududiga raketa zarbalari berishni mashq qiladi

    23.06.2022, 12:47

    Putin Rossiya davlat qarzini rublda to‘lash haqida farmon imzoladi

    23.06.2022, 11:51

    Britaniya hukumati poliomielit tarqalishi xavfidan ogohlantirdi

    23.06.2022, 10:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31

    O‘zbekistonda malakasini oshirmoqchi bo‘lganlarga “kasb vaucheri” beriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 08:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.