• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir makon, bir yo‘l” imkoniyatmi yoki tuzoq?

    Joriy yilning 17–18-oktyabr kunlari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

    “Daryo” ushbu mavzuda siyosatshunos Oybek Sirojov va iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul bilan suhbatlashadi.

    – Dastlab “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining yaralish tarixi haqida to‘xtalib o‘tsak. Bu loyihaga qachon va kim tomonidan asos solingan?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – “Bir makon, bir yo‘l” bu global loyiha hisoblanadi. Bu loyiha bir qancha mamlakatlarni qamrab oladi. 17–18-oktyabr kuni loyihaning 10 yilligi nishonlandi. Ushbu loyiha 2013-yilning sentyabr oyida Qozog‘istonda Xitoy rahbari Si Szinpin tomonidan eʼlon qilingan edi. 2014-yildan boshlab loyihani ishga tushirish uchun amaliy harakatlar boshlandi. Bu loyihaning asosiy mohiyati — Xitoyni Janub va G‘arb bilan bog‘lovchi kommunikatsiya tizimini yaratishdan iborat. Yana bir eʼtiborli jihati, ushbu loyihaga yildan yilga qiziquvchilar soni oshib bormoqda. Xususan, mana shu galdagi forumda 50 dan ortiq davlat va 150 dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Aslida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi 60 dan ortiq davlatni qamrab oladi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Do‘stimiz to‘g‘ri taʼkidladi. Ushbu loyiha Xitoy bilan global dunyo yo‘laklarini qurish loyihasi hisoblanadi. Bu yo‘laklar ikki qisimga bo‘linadi. Okean yo‘li va quruqlik yo‘li. Okean yo‘liga: Xitoy—Janubi-Sharqiy Osiyo—Tinch okean yo‘li, Xitoy—Hind okeani—Afrika yo‘li, Xitoy—Yaqin Sharq okean yo‘li kiradi. 2019 yilda okean yo‘liga Lotin Amerika va Markaziy Amerika davlatlari ham qo‘shilgan. Dastlab, quruqlik loyihasida Qozog‘iston—Rossiya—Yevropa yo‘li mavjud edi. Vaqt o‘tishi bilan quruqlik loyihasida Qirg‘iziston—O‘zbekiston orqali o‘tuvchi yo‘l qo‘shildi. Keyinchalik bunga Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston orqali o‘tuvchi yo‘llar qo‘shildi. Bu loyihadan Xitoyning asosiy maqsadi – oxirgi 30 yil mobaynida to‘xtamasdan rivojlangan iqtisodni yanada rivojlantirish. Chunki, oxirgi 10 yillikda Xitoy iqtisodi sekin-asta o‘sishdan to‘xtayotgan edi. Yaʼni bu orqali Xitoy o‘z mahsulotlarini dunyo bozorida ko‘proq sotmoqchi.

    – Bu loyihada qatnashish O‘zbekiston uchun qanchalik manfaatli?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Iqtisodiy nuqtai nazardan gapiradigan bo‘lsa, albatta manfaatli. 60-yillarda Meksika yalpi ichki mahsulot (YIM) bo‘yicha 89-o‘rinda bo‘lgan. Lekin Meksikaning AQSH iqtisodiy imkoniyatlaridan ijobiy foydalana olgani tufayli bugungi kunda Meksika YIM bo‘yicha dunyoning 13-o‘rinda turibdi. Chunki AQSHning katta-katta sanoat sektorlari Meksikaga ko‘chib ketgan. Masalan, Amerikaning avtomobil ishlab chiqarishdagi top kompaniyalarning zavodi Meksikada joylashgan. Mana shu fenomenni O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida takrorlash mumkin. Yaqinda O‘zbekistonga Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD kompaniyasi prezidenti kelib, davlat rahbari bilan uchrashdi. Maʼlum qilinishicha, bu kompaniya Jizzax viloyatida o‘z zavodini quradi. Bundan tashqari, kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Amer International industrial-sanoat xoldingi raisi bilan uchrashdi. Bu korxona O‘zbekistonda o‘z shtabini ochmoqchi. Bu yo‘nalishda O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlik qilib to‘g‘ri ish qilmoqda.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Geosiyosatda bir davlatga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Ulardan biri – bu transport yo‘llari hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston shu jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasining amalga oshishi, O‘zbekistonga yangi yo‘llarni ochadi. Bizni yana Rossiya bilan uzviy bog‘laydigan jihat bu — migrantlar masalasi. Bunga yechim esa yangi ish o‘rinlari. Shu loyiha yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatini beradi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan forumda taʼkidlandiki, shu loyiha bo‘yicha 40 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan. Bundan keyin bu tendensiya yanada rivojlanishi mumkin. Mana shu jihatdan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi O‘zbekiston uchun manfaatli.

    – Xitoyni bu loyihani ishga tushirishdan bosh maqsadi nima?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Xitoy iqtisodi rivojlanishda o‘zining eng baland natijasiga erishib bo‘ldi. Endi yangi imkoniyatlar izlash kerak. Hozir dunyo matbuotida turli qarama-qarshi fikrlar mavjud. Masalan, G‘arb davlatlari Xitoy shu loyiha orqali o‘ziga yaqin bo‘lgan davlatlarni qarz botqog‘iga botirib qo‘ymoqchi, deb bong urmoqda.

    – Bu xavotirlar qanchalik asosli?

    – To‘g‘ri, baʼzi bir loyihalar o‘zini oqlamagan. Masalan, Shiri-Lankada portlar qurish uchun Xitoy banklari katta miqdorda qarz bergan. Hozir bu qarzlarni ortga qaytarish so‘roq ostida turibdi. Lekin bu Xitoyning aybi bilan amalga oshmagan. Lekin buni “Bir makon, bir yo‘l” loyihasida ishtirok etayotgan har bir ishtirokchi davlatga tatbiq qilish xato va noto‘g‘ri.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Hamkorlikni mustahkamlovchi muhim jihatlar transport va kommunikatsiya tizimlari orqali vujudga keladi. Agar eʼtibor beradigan bo‘lsak, Xitoy Afrika, Osiyo va Yevropani o‘zaro bog‘lamoqda. Bu bir jihatdan bu yerdagi davlat uchun yangi bozorlarni shakllantirsa, ikkinchidan, Xitoydan texnologiyalar olib kelish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, hozirda dengiz yo‘llarida ko‘proq G‘arbning taʼsiri kuchli hisoblanadi. Mana shu yo‘lga muqobil yo‘l yaratish ham Xitoyni oldida turgan asosiy maqsadlardan biri. Shuning uchun Xitoy “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi kesimida muqobil yo‘llarni yaratish harakatida.

    – Pekindagi forumda ko‘plab davlat rahbarlari ishtirok etdi. Xususan, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Shu loyihada ko‘p mamlakatlarning ishtirok etishi nimani anglatadi?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Har qanday loyihada bir davlat manfaat ko‘rmasa, ishtirok etmaydi. Bu loyiha Xitoy manfaatlari asosida juda puxta ishlangan. Masalan, Rossiya bilan alohida, Qozog‘iston bilan alohida, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan alohida yo‘l. Bundan tashqari, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan alohida yo‘l shakllantirilmoqda. Bir jihatdan, bunday yo‘llar shakllanishidan nafaqat Xitoy, balki Rossiya ham, O‘zbekiston ham manfaatdor. Xuddi shunday yo‘l Vengriya bilan ham mavjud. Chunki Yevropani bog‘lovchi asosiy yo‘l Vengriyadan o‘tadi.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Bu galdagi forumda Germaniya, Fransiya va Italiya davlat rahbarlari ishtirok etmadi. Aslida Xitoy o‘zining mahsulotlari asosan Yevropaga sotadi. Lekin bundan 5-6 oy oldin Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Italiya Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” loyihasidan chiqishini eʼlon qilgan edi. Lekin Germaniya va Fransiya bu loyihadan chiqmadi. Bundan tashqari, Germaniya va Fransiya rahbarlari joriy yil boshida Xitoyga tashrif bilan kelib, Xitoy bilan iqtisodiy masalalarni muhokama qilgandi. Lekin mana shu holatdan keyingi vaziyat biroz tushunarsiz.

    – Xitoy nega “Tolibon”ni ham ushbu loyihaga jalb qilmoqda?

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – “Tolibon” harakatining mana shunday global loyihalarda ishtirok etishi unga bir qator majburiyatlarni yuklaydi. Shu jihatdan “Tolibon”ning bu loyihada ishtirok etishi yaxshi. Keyin, hozir Transafg‘on temiryo‘li borasida turli xil bahslar bo‘lmoqda. Bu loyihaning amalga oshishi to‘g‘ridan to‘g‘ri Afg‘onistondagi barqarorlik bilan bog‘liq. Bu loyihaning ishga tushishi O‘zbekistonning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – “Tolibon” biroz ishonchsiz hamkor. Ular boshidanoq bergan vaʼdalarini bajarmadi. Lekin O‘zbekiston hech bo‘lmaganda “Tolibon”ni madaniy va iqtisodiy munosabatlarga o‘rgatishimiz kerak. Chunki Afg‘oniston bizning qo‘shnimiz. Bu yerda O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlari mavjud. Xususan, Xitoyning ham Afg‘onistonda katta manfaatlari bor.
    O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonni integratsion loyihalarga jalb qilish bo‘yicha katta ish qilmoqda. O‘zbekiston bu maʼnoda Xitoydan ham ko‘p ish qilmoqda. Menimcha, O‘zbekiston “Tolibon” harakatini madaniylashtirmoqchi. Shunday qilish ham kerak! 

    – “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi ortidan kelajakda xatarlar shakllanishi mumkinmi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Xitoy qaysidir davlatga borib, shu qarzni olasan demayapti. Qarz oluvchi davlatning masʼuliyati o‘z bo‘ynida. To‘g‘ri, Xitoyning loyihasida ishtirok etayotgan bir qancha Afrika davlatlari Xitoydan olgan qarzlarini qayta olmaydigan holatda turibdi. Xitoy esa O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritmoqda. Bu qarz emas. Agar avtomobil sanoati bo‘yicha loyiha amalga oshsa, O‘zbekiston 2030-yilda 1 million avtomobil ishlab chiqaradi. Yaʼni bu yerda gap O‘zbekiston Xitoy bilan ishlab chiqargan avtomobillarini chetga sotish haqida ketmoqda. Masalan, Xitoyning katta-katta avtomobil korxonalari okean bo‘yida joylashgan. Hozir Xitoyda ishchi kuchi qimmatlashib ketgan. Buni natijasida avtomobil tan narxi qimmatlashib ketadi. Bozor iqtisodiyotida eng muhim masalani pul hal qiladi. Agar Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda o‘zining zavodlarini qursa, bundan O‘zbekiston katta foyda ko‘radi. Markaziy Osiyoda avtomobil sanoati faqat O‘zbekistonda rivojlangan. Xitoy aynan O‘zbekiston bilan avtomobil ishlab chiqarmoqchi bo‘lyapti.

    Foto: “Daryo”

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Nazarimda, Xitoy bilan hamkorlikning bitta xatarli jihati bor. Hozirda Xitoy Qozog‘iston bilan alohida, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan alohida, Turkmaniston bilan alohida loyiha qilmoqda. Kelajakda bu mamlakatlar o‘rtasida raqobat rivojlanishi mumkin. Mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiya mezonlaridan biri – raqobat emas, balki uyg‘unlik. Shu jihatdan bu loyiha Markaziy Osiyo integratsiyasiga to‘liq xizmat qiladi deb aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun bu davlatlar o‘rtasida umumiy Markaziy Osiyo hamkorlik strategiyasi ishlab qilishi kerak. Men muammoga yechim sifatida shuni ko‘raman va shu strategiyani ishlab chiqishimiz zarur!

    Xitoy ham, Rossiya ham Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro integratsiya bo‘lishidan manfaatdor emas. To‘g‘ri, ular mintaqada tinchlik bo‘lishini istaydi. Lekin bu davlatlar bilan tengma-teng hamkorlik qilishni istamaydi. Shu jihatlarga ham eʼtibor qaratishimiz kerak. 

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – To‘g‘ri, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro integratsiyasiga qarshilik qilib kelgan. Lekin Xitoy uchun bu yo‘llarni rivojlantirish muhim, chunki uning o‘zi bu yo‘llardan foydalanadi. Kechagi forumning ochilish vaqtida Xitoy raisi Si Szinpin “dunyoning iqtisodiy rivojlanish tarafdorimiz”, dedi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo va Xitoy uchrashuvida Si Szinpin “biz Markaziy Osiyoni iqtisodiy tomondan rivojlantiramiz”, deb aytgan edi. Bu pragmatik siyosat. Menimcha, Xitoyning bu loyihasi ortida qandaydir geosiyosiy maqsadlari yo‘q.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    21.10.2023, 19:25   Izoh (0)   16773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik jurnalistlar Xitoyda “Bir makon – bir yo‘l” dasturi doirasidagi maxsus aksiyada qatnashdi

    20.11.2018, 16:13

    Xitoy Shavkat Mirziyoyevni aprel oyida Pekinda o‘tkaziladigan “Bir makon, bir yo‘l” forumiga taklif qildi

    16.01.2019, 18:48

    Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi boshlandi

    26.04.2019, 10:41

    Xitoy uch davlat rahbarlarini “Bir makon, bir yo‘l” forumiga taklif qilmadi — OAV

    13.08.2023, 23:51

    Putin Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Bir makon, bir yo‘l” forumiga boradi  — OAV

    29.08.2023, 20:40

    “Bir makon, bir yo‘l” O‘zbekiston uchun qanday foyda keltiradi?

    15.10.2023, 18:16

    Avgust oyida Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi temiryo‘l ishga tushiriladi — “Nezavisimaya gazeta”

    16.07.2024, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.