Janubiy Koreya 18-apreldan boshlab barcha harbiy parvozlarni taqiqladi. Bunga sabab harbiy vertolyot behosdan o‘q-dorilarni tashlab yuborishi deya qaralmoqda.
Koreya Respublikasi harbiy-havo kuchlari mashg‘ulotlar chog‘ida KA-1 hujumchi samolyotidan rejalashtirilmagan qurol-yarog‘ otilishi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng barcha parvozlar to‘liq to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqida Yonhap agentligi Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari vakiliga tayanib xabar bermoqda. Qaror, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar bilan “Ozodlik bayrog‘i” deb nomlangan qo‘shma harakatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Kuzatuv va razvedka olib boruvchi kuchlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan boshqa kuchlardan tashqari, barcha turdagi samolyotlarning parvozlari 22-aprel kuni ertalabgacha to‘xtatildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 18-aprel kuni Pxyonchxan okrugi ustidagi tungi mashg‘ulotlar chog‘ida yengil hujumchi samolyot pulemyotlar, besh yuz 12,7 mm kalibrli o‘q-dorilar va ikkita tashqi yonilg‘i baki bo‘lgan ikkita konteynerni tashlagan. Bu hodisa fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazmagan holda tog‘li hududda qayd etilgan. O‘q-dorilar va qurollar topilgan, ammo yoqilg‘i baklari hali ham topilgani yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga uchuvchining xatosi sabab bo‘lgan, u tasodifan bo‘shatish tugmasini faollashtirib yuborgan.
Avvalroq AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida Delta Air Lines yo‘lovchi samolyoti Airbus A319 va harbiy T-38 Talon samolyotlarining xavfli yaqinlashuvi bilan bog‘liq hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagandi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolik layneri bortidagi to‘qnashuvdan ogohlantirish tizimi ishga tushirilgan va halokatning oldi olingan.
Izoh (0)