• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

    Italiyaga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Unga ko‘ra, uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, “Italiya - O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Jorjo Veronezi, shuningdek, Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Saipem, Energy System, Imagro Group, HT Holding, Danieli, SACE, Ferroli Group, Arsenale Group, Pirelli kabi yetakchi kompaniya va korporatsiyalar, uyushma va moliyaviy institutlarning 25 nafardan ziyod rahbarlari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    “Jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri, boy madaniy meros va yuqori texnologiyalar markazi, rassom va shoirlarning bir necha avlodi uchun ilhom manbai bo‘lgan betakror yurtingizga bu mening birinchi tashrifim. Uchrashuvimiz aynan Milanda – faol ishbilarmonlik jarayonlari qizg‘in kechayotgan, innovatsiya va texnologiyalar kashf etilayotgan, sanoatning yangi tarmoqlari rivojlanayotgan zamonaviy iqtisodiy markazda o‘tayotgani ramziy maʼnoga ega”, — dedi prezident tadbir avvalida. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari kuni kecha Italiya prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan o‘tkazilgan muzokaralar sermahsul va konstruktiv bo‘lganini qayd etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    “Mohiyatan, biz mamlakatlarimiz munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarib, ularning tarixida yangi bosqichni boshladik. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga, biznes uchun qulay sharoitlar yaratishga, qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishning moslashuvchan mexanizmlarini joriy etishga, tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldik. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun yo‘nalishlarni belgilab oldik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, erishilgan barcha kelishuvlar ijrosiga aynan Italiya biznesi vakillari katta hissa qo‘shishga qodir. Qolaversa, tashrifdan avval ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining qariyb 300 nafar vakili ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma biznes-forum Italiya sarmoyadorlarining O‘zbekistonga qiziqishini tasdiqladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Ushbu tadbir yakunida umumiy qiymati 9 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan bir qator yangi investitsiya kelishuvlari va savdo bitimlari imzolandi. Ular energetika, gaz-kimyo va neft-gaz tarmog‘i, metallurgiya, kimyo, to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligida katta kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Uchrashuv davomida davlat rahbari jahon iqtisodiyotidagi jiddiy tebranishlar va global yetkazib berish zanjirlari buzilishi sharoitida ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan konstruktiv, ochiq muloqot muhimligini qayd etib, O‘zbekiston Italiya biznesiga mamlakatda faoliyat yuritishi uchun keng qo‘llab-quvvatlash choralari va samarali maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Prezident O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlarga alohida to‘xtaldi. Erkin bozor mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etish borasida qilinayotgan izchil ishlar hamda biznes yuritish uchun maksimal qulayliklar yaratishga qaratilgan boshqa ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    “Bugun bizda biznesingiz rivoji va ravnaqi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Barqarorlik, ishonchli kafolatlar, qulay investitsiya muhiti taʼminlangan. Har biringizni Yangi O‘zbekiston – haqiqatan cheksiz imkoniyatlarga ega betakror mamlakat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun yurtimizga kelishni taklif qilaman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Qayd etilganidek, O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari va malakali kadrlarini Italiyaning texnologik va sanoat salohiyati bilan birlashtirishdan hosil bo‘ladigan sinergiya qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilish imkonini beradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    Shu maʼnoda, energetika, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va ko‘plab boshqa sohalar hamkorlik uchun istiqbolli ekani taʼkidlandi. Sheriklikni kengaytirish bo‘yicha rejalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Italiya ishbilarmon doiralari vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yuqori baholab, ular uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    O‘zbekiston Italiya kompaniyalari uchun istiqbolli Markaziy Osiyo mintaqasi bilan ishlash imkoniyatlarini ochadigan strategik hamkor ekani qayd etildi. Italiya tadbirkor va sarmoyadorlari O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, bunda yuqori texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy qilish bo‘yicha aniq taklif va rejalarini bayon qildi.

    Bundan tashqari, sanoat uchun kadrlar tayyorlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    O‘zbekiston yetakchisi uchrashuvda aytilgan har bir tashabbusni kompleks “yo‘l xaritasi”ga kiritishga ko‘rsatma berdi. O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlariga italiyalik hamkorlarga mamlakatdagi joriy va yangi loyihalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish topshirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

     

    09.06.2023, 18:28   Izoh (0)   5603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi

    09.06.2023, 18:07

    “Daryo” tashkil qilgan debatda Ekologiya davlat qo‘mitasi vakili ishtirok etishdan bosh tortdi

    09.06.2023, 17:44

    SSV yana bir xususiy klinika litsenziyasini bekor qildi

    09.06.2023, 17:41

    Chirchiqdagi mehmonxonada yigit va qiz vafot etdi

    09.06.2023, 17:07

    Xorazmda ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi

    09.06.2023, 16:49

    Bo‘kada deputatlarni “kalamush”, “xoin”, “hokim soldati” deb atagan boshqa deputat jarimaga tortilgani ma’lum qilindi

    09.06.2023, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.