Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Chorsu” bozorida do‘konlardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVB xabar berdi.
Unda aytilishicha, 8-aprel kuni soat 07:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Saqichmon ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yong‘in soat 07:57 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
So‘nggi vaqtlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar
2024-yilning 13-oktyabr kuni Yunusobodda yangi qurilayotgan binoning tomi yonib ketgandi. 16-oktyabrda esa Mirobod tumanida joylashgan “Miran” mehmonxonasining qurilishi davom etayotgan eski binosida yong‘in chiqdi.
Shuningdek, 20-oktyabr kuni soat 16:54 da Shayxontohur tumanidagi “Bildirish” tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi.
20-noyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, “Lashkarboshi” MFY Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudburonida yong‘in sodir bo‘ldi.
31-dekabr kuni Chilonzor tumanidagi ovqat tayyorlash joyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
2025-yil 25-fevral kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Izoh (0)