Daryo

Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi (video)

Yong‘in oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan

1 daqiqa o‘qish9 614 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 10-mart kuni “Do‘stlik” MFY hududidagi shoxobcha hovlisida 2 ta 9 tonnali sig‘im yongan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmasi soat 22:04 da yetib borib, 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. Halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

20-fevral kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi zapravkada havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgandi. Oqibatda ikki nafar fuqaro tan jarohati olgandi. 21-fevral kuni Toshkent shahridagi avtomobillar yuvish joyida yong‘in yuz berdi. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Halok bo‘lganlar ham yo‘q. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar