O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marotaba bir obyektni 48 soatda to‘liq qurib foydalanishga topshirdi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 20-avgust kuni tonggi soat 6:00 da D012 avtomobil yo‘lining 66–67 kilometrlarida yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagini qurish uchun start berilgan edi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Qoronqul” MFY hududida eni 35 metrni tashkil etuvchi obyekt qurilishida 4 ta brigada faol ishtirok etdi.
Ahamiyatli jihati qurilish ishlari yo‘lda avtotransport vositalarining qatnovi to‘xtatilmagan holda amalga oshirildi. Obyekt 22-avgust kuni soat 6:00 da to‘liq foydalanishga topshirildi.
Toshkentda yo‘l taʼmirchilariga xavfsiz sharoit yaratilmagani bo‘yicha tekshiruv boshlandi.
Izoh (0)