• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    “Bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi” — Prezident selektorida aytilgan 10 ta muhim masala

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholini qiynayotgan ko‘plab dolzarb muammolar – gaz ta’minoti, tirbandlik, qurilishlar, bolalar o‘yingohlari, qabulxonalar faoliyati, yashil hududlar va boshqa masalalarda yangi tashabbuslar ilgari surildi.

    Quyida, bizning fikrimizcha, odamlar kundalik hayotda to‘qnashayotgan 10 ta asosiy muammolar bo‘yicha davlat rahbari tomonidan berilgan yangi yechimlar, tashabbuslar va qat’iy vazifalar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

    1. Yashil hududlar, bolalar maydonchalari buzilmaydi
    Davlat rahbari tomonidan ko‘p qavatli uylar orasidagi o‘yingohlar, yashil hududlar qurilish uchun tadbirkorlarga berib yuborilayotgani tanqid qilindi.

    Qaysi hududda “yashil” maydonlar, sport va bolalar o‘yingohlari boshqa maqsadlar uchun ajratilgan bo‘lsa, ularni aniqlab tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

    2. Tirbandliklar kamayadi, “aqlli” kamera va svetoforlar ko‘payadi
    Temir yo‘l shlagbaumlari, noto‘g‘ri svetoforlar va kameralar sabab avtomobillar soatlab tirbandda qolmoqda. Kameralar faqat jarima uchun emas, harakatni boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirish uchun ishlaydigan tizimga aylanadi.Chorraha, chiziq va yo‘l belgilari, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga o‘tkazish ishlari jadallashtiriladi.

    3. Aholiga suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar qisqa muddatda bartaraf qilinadi
    Andijon va Surxondaryoda suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar keskin tanqid qilindi. Gaz bir necha haftalab yetkazib berilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

    Davlat rahbari aholiga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berish borasida qisqa muddatda ijobiy natijalarga erishish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Shuningdek, mutassadilarga aholini qishda gaz bilan ta’minlashda muammolar yuz bermasligi uchun hozirdan tayyorgarlik boshlash topshirildi.

    4. Xalq qabulxonalari aholi muammolariga joyida yechim topadigan tizimga aylantiriladi
    Xalq qabulxonalari endi murojaatni faqat boshqa idoralarga yubormaydi. Prezident bu tizim butunlay o‘zgarishi, hokimlar har kuni ish kunini Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan muloqotdan boshlashi kerakligini bildirib o‘tdi. Hokimlar muammolarni imkon qadar keyingi kunga o‘tkazmasdan shu kunning o‘zida joyida hal qilish choralarini ko‘radi.

    5. Suv va kanalizatsiyadagi muammolar tezkor hal qilinadi
    Suv tarmog‘idagi avariyalar 4-5 kunga cho‘zilyapti. Sohaga ajratilayotgan mablag‘lardan unumli foydalanib kerakli materiallar oldindan tayyorlab qo‘yiladi va ta’mirlash ishlari tezlashadi. Bu sohada ham xizmat sifati yanada oshiriladi.

    6. Elektr energiyasi tejaladi, aholiga “yashil ta’mir” krediti beriladi
    Energiya samaradorligini oshirish uchun yangi agentlikka byudjetdan 100 milliard so‘m ajratilgan.
    Endilikda, davlat xizmatchilariga energiya samarador texnologiyalarga o‘tish uchun “yashil ta’mir” kredit, subsidiya yoki ssuda beriladi.

    Prezident yil yakuniga qadar kamida 100 ming xonadonni energiya samarador tizimga o‘tkazish lozimligini bildirdi.

    7. Go‘sht, sut va tuxum narxining oshmasligi uchun choralar ko‘riladi
    Go‘sht, sut, tuxum va parranda go‘shti narxlari oshmasligi uchun tadbirkorlarga QQSning yarmini qaytarish mexanizmi joriy qilindi.

    Korxonalar “soya”dan chiqib ishlashi uchun bu tizim katta yordam beradi. Prezident ushbu mexanizm aniq, bir kunga ham kechiktirmasdan ishlashi lozimligini qayd etdi. Narxni barqaror ushlab turolmagan rahbarlarga chora ko‘riladi, lozim bo‘lsa – ishdan olinadi.

    8. Soliqchilar uyma-uy yurmaydi, tushuntirishga e’tibor qaratiladi
    Mahalliy soliqchilar uyma-uy yurib yer, mol-mulk va suv soliqlarini undirishga 70–80 foiz vaqtini sarflayapti. Bu holat samarasiz deb baholandi. 

    Endilikda soliq tizimida tushuntirish, huquqiy madaniyatni oshirishga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Soliq to‘lash majburiyat emas, Konstitutsiyaviy burch sifatida talqin qilinadi.
    Mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqiladi.

    9. Hokimliklarda maosh ham, mas’uliyat ham oshiriladi
    Hokim, uning o‘rinbosarlari o‘z vazifalarini to‘liq bajarsa, keyingi yil hududga beriladigan mablag‘ 10-15 foiz ko‘paytiriladi.

    1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi, xodimlarga ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonus beriladi. Lekin natija bo‘lmasa, hech kimga imtiyoz yo‘q – ishdan bo‘shatishgacha chora ko‘riladi.

    10. Aholi muammolari “Xalq nazorati” elektron tizimi orqali hal qilinadi
    Toshkentda sinovdan o‘tgan “Xalq nazorati” mobil platformasi endilikda barcha hududlarda ishga tushiriladi.

    Fuqarolar yo‘l, infratuzilma, obodonlashtirish kabi muammolarni suratga olib, joyi va ma’lumoti bilan ilova qilib yuborishi mumkin bo‘ladi. Masalaning hal etilgani ham fotosurat orqali tasdiqlanadi. Hokimlar ishi aynan shu tizim orqali baholab boriladi.

    D.Rajaboyev, 
    yurist, ekspert

    16 iyun, 17:37   Izoh (0)   1861
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

     “O‘zkimyosanoat” korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi eng nufuzli xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi

    13 iyun, 21:13

    "O‘zbekiston – iste'dodlar zamini" yoshlar harakati muvaffaqiyatli boshlandi!

    12 iyun, 18:16

    Investision muhit jozibadorligi — O‘zbekiston iqtisodiy diplomatiyasining yutug‘i

    11 iyun, 14:03

    Qadimgi misrliklar nega ko‘zlariga surma qo‘ygan?

    11 iyun, 10:05

    Bugungi O‘zbekiston dunyoga ochilgan, munosib sherik bo‘la oladigan mamlakatga aylandi

    10 iyun, 16:15

    Jahon yulduzlarining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, biroq uzoqqa cho‘zilmagan sevgi hikoyalari 

    4 iyun, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Konsertimdan keyin ajrim yoqasidagi oilalar yarashib oldi”. Avaz Oxun Instagram sabab ajrashishlar ko‘paygani haqida gapirdi

    Madaniyat | 1 avgust, 15:30

    Instagram’da badavlat, hayotda esa qashshoq: soxta hashamat ortiga yashiringan mashhurlar

    Shou-biznes | 1 avgust, 15:20

    Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib Isroilga qurol embargosini joriy etdi

    Dunyo | 1 avgust, 15:10

    Shoxrux Aminov Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 15:04

    “Manchester Siti” Abduqodir Husanovning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

    Sport | 1 avgust, 15:01

    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi

    Reklama | 1 avgust, 13:33

    Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 14:59

    Chirchiqda aroq sotishni talab qilgan yigitni o‘ldirgan sotuvchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 14:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.