• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    Gollivudning mazkur taniqli aktyorlari filmda suratga tushishdan oldin shartnoma bandlariga kutilmagan shartlarni qo‘shib, rejissyorlarni hayron qoldirishgan.

    Kianu Rivz — filmlarda obrazini o‘zgartirish mumkin emas

    Kianu Rivz 2000-yillarda ro‘y bergan bir voqeadan so‘ng standart shartnomasiga g‘alati bir bandni kiritgan. Unga ko‘ra, film ijodkorlari Rivzning aktyorlik ijrosini ruxsatsiz o‘zgartirishi taqiqlanadi. Masalan, agar kadrda Kianu tabassum qilayotgan bo‘lsa-yu, montaj paytida maxsus effektlar bilan xafa yoki g‘azablangan qilib ko‘rsatilsa, studiya muammolarga duch keladi. Rivzning aytishicha, buni bir filmda unga sun’iy ko‘z yoshi qo‘shilganini ko‘rgach amalga oshirgan. Bu, ayniqsa, sun’iy intellekt davri boshlanishi bilan dolzarb bo‘lib qoldi. Chunki endilikda har qanday insonning ovozini uning o‘ziga xos xususiyatlarini yo‘qotmagan holda dunyoning barcha tillariga tarjima qilish mumkin. Bu esa dublyaj aktyorlarini ishsiz qoldiradi. Bundan tashqari, eski tasvirlarni asos qilib olib, filmga istalgan odamni qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Denni Trexo — salbiy qahramonlari omon qolmasligi kerak

    Kinematografiyada juda ko‘p jinoyatchilik haqidagi filmlar mavjud bo‘lib, ularda salbiy qahramonlar juda ishonarli o‘ynaydilar, ayniqsa yosh avlod uchun taqlid qilish namunasiga aylanib qoladi. O‘tmishda haqiqiy jinoyatchi bo‘lgan va o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga qaytgan Denni Trexo o‘zining salbiy qahramonlari kimnidir yomon harakatlarga undashi mumkinligini yaxshi tushunadi. Shu sababli uning shartnomalarida doimo shunday band mavjud: agar uning qahramoni salbiy bo‘lsa, film oxirida u albatta fojiali yakunga duch kelishi kerak. Shu yo‘l bilan Denni yosh avlodga har qanday yomonlik uchun oxir-oqibat jazo muqarrarligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.

    Semyuel L. Jekson — takroriy dubllar bo‘lmaydi

    Semyuel L. Jekson kinoda Stenli Kubrik vafot etishidan biroz oldin mashhur bo‘ldi. Agar Semyuel va Stenli Gollivudda uchrashganlarida ham ular bir-biri bilan ishlamagan bo‘lardi, chunki Kubrik o‘zining mukammalligi va sahnalarni qayta-qayta suratga olishni yaxshi ko‘rishi bilan mashhur edi. U bitta sahnaga o‘nlab dubl sarflashi va umumiy syujetga ta’sir qilmasa ham, unga bir nechta sahna ajratishi mumkin edi. Ammo Semyuel L. Jeksonning shartnomasida agar uning fikricha, mukammal dubl allaqachon suratga olingan bo‘lsa, kadrlarni qayta suratga olishdan voz kechishga ruxsat beruvchi band bor. Ya’ni agar Kubrik Jeksonga yoqqan dublni qayta suratga olmoqchi bo‘lganida, aktyor bemalol rad etishi mumkin edi, rejissyor esa buning uchun unga hech narsa qilmagan bo‘lardi.

    Robin Uilyams doimo uysizlarni ishga olardi

    Aktyor Robin Uilyamsning qizi Zelda Uilyams otasining qiziq odati borligini ma’lum qildi. U suratga olish paytida yoki gastrol safarida bo‘lganida, ishlayotgan hududdagi uysizlarni izlab topib, ularga ish berardi. Zelda ularga qanday ish berilgani haqida aniq ma’lumot bermadi, ammo bu epizodik rollar, statistlik yoki suratga olish maydonchasidagi oddiy yumushlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilish mumkin. Zeldaning chiqishidan bir necha yil oldin muxlislar Robin shunday qilishini bilishgan, ammo bu ma’lumotni tasdiqlovchi dalillar yo‘q edi. Biroq, ma’lum bo‘lishicha, Uilyams butun faoliyati davomida 1520 nafar uysiz kishini ish bilan ta’minlagan ekan.

    Vin Dizel, Dueyn Jonson va Jeyson Steytem — mushtlashuv sahnalarida teng kaltaklanish

    Gap shundaki, Dizel, Jonson va Steytemning shartnomasiga ko‘ra, ular boshqalarga qaraganda ko‘proq zarba olmasligi kerak. Bu bema’ni punkt har biri o‘zini alfa va bosh yulduz deb hisoblaydigan aktyorlarning raqobati tufayli paydo bo‘lgan. Biroq eng katta qarama-qarshilik baribir Dizel va Jonson o‘rtasida sodir bo‘ladi. Vin o‘zidan deyarli 10 santimetr baland kadrdagi hamkasbidan past ko‘rinmaslik uchun maxsus qulay rakurslarni tanlaydi va baland platformali botinka kiyadi.

    Tom Kruz — obrazlari tasviri tushgan o‘yinchoqlarni taqiqlaydi

    Tom Kruz juda mashhur aktyor bo‘lib, uning “Eng yaxshi mergan”, “Top Gan: Maverik” va “Uddalab bo‘lmas topshiriq” kabi jangovar filmlardagi qahramonlariga qoyil qoladigan o‘smirlardan iborat katta muxlislar armiyasiga ega. Ularning ba’zilari hatto aktyorning mashhur qahramonlari asosida yaratilgan o‘yinchoqlarni olishni xohlashgan, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, Kruz studiyalarga uning tasviri tushirilgan o‘yinchoqlar chiqarishni taqiqlagan.

    Jeffri Rash — kadrda doimo chap tomonda bo‘lishi kerak

    Jeffri Rashning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab tomoshabinlar filmni chapdan o‘ngga qarab tomosha qilishadi. Shuning uchun u “Karib dengizi qaroqchilari” filmini suratga olish paytida har doim uni aktyorlarning o‘ng tomoniga qo‘yishni so‘radi, shunda u kadrda chap tomonda bo‘ladi va filmni ko‘radigan tomoshabinlarning ko‘z oldida tez-tez paydo bo‘ladi.

    Mark Uolberg — Enn Xeteuey ketsa, 900 ming dollar gonorar

    Gollivud yulduzlari nafaqat gonorar uchun, balki kinoteatrlardagi yig‘imlardan foizlar uchun ham ishlaydi. Masalan, Mett Deymonga “Avatar” filmidagi bosh rol uchun yig‘imning 10 foizini taklif qilishadi, lekin u baribir rad etadi, chunki u boshqa filmda rol o‘ynayotgandi. Mark Uolberg esa Enn Xeteuey bilan partnyor bo‘lgan “Mening yigitim — telba” filmi uchun foiz olishni rejalashtirgan. Aynan Enning ishtiroki Markni rolga rozi bo‘lishga ko‘ndiradi, shuning uchun u o‘z shartnomasida agar Enn kutilmaganda filmni tark etsa, studiya unga 900 ming dollar to‘lashi haqida band kiritmoqchi bo‘ladi. Chunki agar shunday bo‘lsa, Enning o‘rniga unchalik mashhur bo‘lmagan aktrisa kelishi, film ancha kamroq daromad olishi mumkin edi. Ammo keyinchalik rejissyor Markning o‘rniga Bredli Kuperni olishga qaror qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, agar rol unga nasib qilganda Uolberg o‘sha 900 mingni olishi mumkin edi, chunki Enn oxir-oqibat roldan voz kechadi va filmdan ketadi.

    20.12.2024, 09:58   Izoh (0)   8333
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#gonorar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XXI asr filmlaridagi eng ko‘p gonorar to‘langan mashhur obrazlar: ularni qaysi aktyorlar gavdalantirgan?

    18.04.2024, 12:51

    Forbes reytingi: 2023-yilda Gollivudning eng ko‘p gonorar olgan top-10 aktyorlari (foto)

    20.05.2024, 10:50

    “Filmni ko‘rishga ko‘zim yo‘q”. Mashhur loyihalarda pul uchun suratga tushishga rozi bo‘lgan aktyorlar  

    20.05.2024, 16:20

    Tejamkormi yoki ziqna: bir sent uchun talashadigan Gollivud yulduzlari (foto)

    31.05.2024, 10:41

    Dunyoning eng boy 10 aktyori: Gollivud yulduzlari qancha gonorar oladi? 

    06.07.2024, 17:31

    Top-10 talikda atigi ikki ayol: Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar gonorari ma’lum qilindi

    31.07.2024, 13:25

    Gollivudning eng boy aktyorlari beshtaligi: ular bu darajaga qanday erishdi? 

    20.08.2024, 17:30

    Bitta filmda suratga tushib, 100 mln dollardan ko‘proq pul ishlagan Gollivud aktyorlari

    11.09.2024, 15:57

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Gollivudning mashhur aktyorlari o‘rtasidagi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan munosabatlar

    02.11.2024, 13:55

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Filmdagi roli uchun jiddiy qurbonlik qilgan Gollivud aktyorlari

    13.11.2024, 09:40

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi? 

    12.11.2024, 20:55

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar 

    23.11.2024, 12:30

    Uch va undan ortiq tillarda erkin so‘zlashadigan Gollivud yulduzlari

    22.11.2024, 19:42

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Kinodagi eng katta gonorarlar: Gollivud aktyorlarining eng ko‘p daromad keltirgan rollari

    28.11.2024, 17:41

    “Sumerki”, “Temir odam” va boshqa mashhur filmlarda ijro etgan rollarini unutgan 6 ta aktyor

    02.12.2024, 15:59

    Faqat katta ekranlarda: hech qachon televideniyeda ishlamagan Gollivud aktyorlari

    28.11.2024, 10:35

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    Hashamat ramzi: Dunyodagi eng qimmat tufli qanday ko‘rinishda va u qanchaga baholangan?

    10.12.2024, 12:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Moskvadan Toshkentga uchayotgan aviareys kechiktirildi

    O‘zbekiston | 16 may, 19:50

    Shavkat Mirziyoyev 19-22-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyada bo‘ladi

    O‘zbekiston | 16 may, 19:40

    O‘zbekistonda usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 16 may, 19:30

    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

    Reklama | 16 may, 19:30

    Afg‘onistonda ijtimoiy tarmoqlar va o‘yin platformalari foydalanuvchilari hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 may, 19:15

    “Tinchlik istasang, urushga tayyor tur”. “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekistonga qanday xavf soladi?

    O‘zbekiston | 16 may, 18:57

    Endi yo‘l harakatidagi ayrim huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga ogohlantirish beriladi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:51

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi

    O‘zbekiston | 16 may, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.