• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    “Tinchlik istasang, urushga tayyor tur”. “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekistonga qanday xavf soladi?

    Afg‘oniston Qo‘shtepa kanali orqali Amudaryo suvining 20 foizini qishloq xo‘jaligi yerlariga oqizmoqchi. Masalaning jiddiy nuqtalari “Tolibon” hokimiyati biror davlat tomonidan tan olinmagan, muvaqqat hukumat qo‘shni davlatlar bilan daryo suvi taqsimoti bo‘yicha kelishmagan. Tahlilchilar fikricha, mazkur holat kelgusida jiddiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin. 14-may kuni “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi sessiyasida ushbu mavzu muhokama qilindi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Qo‘shtepa uzunligi 285 kilometrli, eni 100 metrli, chuqurligi o‘rtacha 8 metr bo‘ladigan bahaybat kanal. Uning qurilishi kelgusi to‘rt yil ichida yakunlanishi kutilmoqda.

    Muloqotda chiqish qilgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov kanal o‘zani murakkab joydan o‘tganiga urg‘u berdi.

    “Qo‘shtepa orqali 550 ming gektar yerni sug‘orish reja qilingan. Kanal o‘tgan hududlarning asosiy qismi qum qatlamlaridan iborat. Yerning meliorativ holati ham murakkab. U yerlarda 95 foiz tuproq sho‘rlangan. Kanal o‘zani boshdan oxirigacha juda kuchli shamol bo‘ladigan yerlarda joylashmoqda. Bu qazish davrida ikki tomonga chiqarib yuborilgan qumlarning shamol taʼsirida qayta uchrashiga olib kelishi, kanalni to‘ldirib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, kuchli shamol yangi joylardan qum uchirib kelishi kabi murakkab jarayonlarni yuzaga keltiradi”, dedi mutaxassis.

    Muloqotda kanal cho‘l zonalarda qurilayotgani uchun uning katta hajmdagi suvi qumga singib ketib, isrof bo‘lishi xavotirli ekani aytildi. “Tolibon” haligacha kanalning qancha masofasi betonlanishi, qanchasiga sunʼiy qoplamalar to‘shalishi bo‘yicha aniq maʼlumot bermagan.

    Usmon Norqulov
    Usmon Norqulov
    Foto: “Daryo”

    “Agar bunday yirik kanalni boshidan oxirigacha betonlashsa, juda katta mablag‘ talab qilinadi. Yana bir muammo shundaki, Amudaryo suvi iqlim o‘zgarishi sabab kamayib boryapti. Endi daryo suviga Afg‘oniston ham sherik bo‘lsa, suv 30 foizgacha qisqarishi mumkin. Bu qo‘shni davlatlarga o‘zini salbiy taʼsirini ko‘rsatadi.

    Birinchi navbatda, yillik oqim hajmidan kelib chiqib, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston daryo suvini taqsimlashga o‘rganishi kerak. Masalan, Amudaryoda 30 foiz suv kamaysa, belgilangan limitlar ham qisqartirilishi zarur. Markaziy Osiyo davlatlari suv taqsimoti bo‘yicha kelishuvga erishgan. Jarayonga Afg‘onistonni ham jalb qilish kerak”, dedi olim.

    Mutaxassislar Afg‘oniston BMTning transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilmagani ham xavotirli ekanini urg‘uladi.

    Siyosatshunos Farhod Tolipov fikriga ko‘ra, “Tolibon” loyihani o‘zboshimchalik bilan boshlagani katta xato hisoblanadi.

    “Ular hech kimdan so‘ramasdan, maslahat qilmay kanal qurishni boshlagan. Xo‘sh, Qo‘shtepa kanali muhokamasini qilib, aniq bir xulosaga kelgach qurilish boshlash kerakmidi? Yoki qurilishni boshlab bo‘lgandan keyin “Tolibon” bilan kelishamiz, ular hamkorlikka rozi deymizmi? Agar suv oqib ketayotgan bo‘lsa, qanaqa hamkorlik haqida gapirish mumkin? Masalaning oyog‘i osmondan bo‘lib qoldi.

    Amudaryo transchegaraviy daryo deb hisoblanadi. Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston zo‘rg‘agina Rog‘unni hisobga olganda, siyosiy murosaga kela oldi. Ancha muncha shartnoma, kelishuvlar bilan Amudaryo oqimi menejmentini yo‘lga qo‘ya boshladi. Kanal qurish tarafdorlari Amudaryo oqimi janubiy qirg‘og‘ida joylashgan Afg‘onistonning ham daryoda haqi bor demoqda. Men esa haqi yo‘q degan fikrdaman. Ha, transchegaraviy daryo, ha, afg‘onlar qirg‘oqning narigi tarafida turibdi. Lekin xalqaro konvensiyaga dahli yo‘q. Faqatgina to‘g‘ridan to‘g‘ri yuzaki yondashuvlar, Afg‘oniston qirg‘oqni narigi tarafida turibdi-ku deyish yetarli emas. Bunday konvensiyalar qattiq kurashlar, mojarolar bilan qabul qilingan. Ular ham bilardi daryo transchegaraviy ekanini. Lekin darrov kelisha olmagan. Joylashuv sabab qirg‘oqda haqi bor deyish noto‘g‘ri. Xalqaro huquq unday yozilmagan”, dedi mutaxassis.

    Farhod Tolipov
    Farhod Tolipov
    Foto: “Daryo”

    Farhod Tolipov fikrini davom ettirar ekan, “Tolibon” terroristik tashkilot ekani, ular bilan kelishib bo‘lmasligini aytdi.

    “Tinchlik istasang, urushga tayyor tur”, degan qadimiy aqida bor. Yaxshi niyatda “Tolibon” bilan kelishsa bo‘ladi, ularga don, beton beryapmiz deyish, ana shu qadimiy donishmandlikni unutib yuborish degani. Dushman men dushmanman, ertaga senga bostirib kiraman, deb oldindan ogohlantirmaydi. Shuning uchun ham o‘q va poroxingni quruq ushlab turgin, degan tamoyil tarixan mavjud. “Tolibon” bilan biz qanchalik tinchlikka erisha olamiz, bu katta savol. U dunyoda tan olingan tashkilot yoki hukumat emas. BMTning terroristik tashkilotlar ro‘yxatida turibdi. Qachon tan olinadi-yu, olinmaydi, bu ham tuxum oldin paydo bo‘lganmi yoki tovuqmi degan masaladek gap. Shartnomalar tuzib, keyin ular tan olinishi kerakmi yoki tan olib bo‘lingandan keyin shartnomalar tuziladimi? Qancha ziddiyatli holatlarga duch kelyapmiz. “Tolibon”ning xalqaro statusi juda mavhum. Iliqqina, chiroyligina gaplar bilan hali tan olinmagan terroristik tashkilot bilan gaplashish, menimcha xaskashni bosishdek gap. Xaskash bosilsa, taqillab peshonaga uriladi”, dedi siyosatshunos.

    Gidrolog Sobir Qodirov o‘z chiqishida XX asrda neft uchun kurash bo‘lgani, XXI asrda esa suv uchun kurash avj olishiga urg‘u berdi.

    “Suv masalasida ahvol juda ham chatoq. Qo‘shtepa kanali bo‘yicha savol ko‘p. Bu kanalni ishlatishga Afg‘oniston tayyor emas. Normal mutaxassislari, texnikalari yo‘q. Pulni Amerika, texnikani Xitoy beryapti. O‘zlari shunchaki chuqur kavlayapti, bo‘ldi. Bizda Amudaryodan Surxondaryo ozroq, Qashqadaryo esa 90 foiz suv oladi. Shu bilan birga, daryoga Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Xorazm to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Kanal eng avvalo, insonlarga zarar keltiradi. Ijtimoiy-siyosiy holat keskinlashadi”, dedi suv bo‘yicha ekspert.
    Sobir Qodirov
    Sobir Qodirov
    Foto: “Daryo”

    Sobir Qodirov o‘z chiqishi davomida “Tolibon” maqsadi siyosiy bo‘lishi mumkinligiga eʼtibor qaratdi. Mutaxassis tahliliga ko‘ra, Qo‘shtepa kanali loyihasi mutlaqo noto‘g‘ri tuzilgan.

    “Tolibon”ning Qo‘shtepa kanalini qurishdan maqsadi O‘zbekiston va Turkmanistonga suvni chiqarmaslik. Chunki bu boshidan noto‘g‘ri loyiha. Bu xuddi filmda ko‘p askarlar o‘rmonda maymunni uchratib qolib, qo‘liga avtomat bergani va hayvon qurolni tirillatib otib tashlagan holatiga o‘xshaydi. Kanalni ham shunga o‘xshash odamlar quryapti. Ular kanal nimaligini tushunmaydi. Uzunligi 300 kilometrli Qo‘shtepa kanaliga sekundiga 600 metr kub suv olishmoqchi. Aslida 173 ming kilometr uzunlikdagi kanalga ham buncha kub suv olinmaydi. Masalan, Turkmanistonning 7 million aholisi bor. Butun Turkmanistonga bitta kanal 500 metr kub suv beradi. Hozir Afg‘onistondagi Farob degan joyga 600 kub suv olib ketishmoqchi. Bu aqlga sig‘maydigan holat. “Troya” degan kinoda Ahilles Gektorni o‘ldirishga keladi. Gektor “kel kelishib olamiz, agar kim raqibini o‘ldirsa, o‘ligini xor qilmaydi”, deydi. Ahilles kelishuv bo‘lmaydi deydi. Menimcha, Qo‘shtepa kanali masalasida ham kelishuv bo‘lmaydi. Yomonroq ssenariylarga tayyor turaverish kerak”, dedi gidrolog.

    Muloqot davomida ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob berildi. Hukumat kanal masalasida tezroq rasmiy kelishuvga erishishi zarurligi aytildi.

    16 may, 18:57   Izoh (0)   6627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichi yakunlanmoqda (video) 

    02.10.2023, 21:05

    “Tolibon” Qo‘shtepa kanalini himoya qilish uchun maxsus bo‘lim tuzdi

    15.11.2023, 19:52

    Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda   

    28.03.2024, 19:41

    Qo‘shtepa kanali yiliga o‘rtacha 500 mln dollar foyda keltirishi mumkin

    06.06.2024, 13:47

    Amudaryoga xavf: “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali O‘zbekiston uchun falokatmi?

    06.09.2024, 11:05

    “Amudaryo suvini to‘g‘ri taqsimlash muhim” — Ismatilla Ergashev Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan “Tolibon” bilan muzokara borayotganini aytdi 

    25.10.2024, 19:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.