Turk seriallarini sevib tomosha qiladigan ko‘pchilik hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsa ham: “Qanday qilib suratga olish maydonchasiga borish mumkin?” degan savol ustida bosh qotirgan bo‘lishi shubhasiz. Ayniqsa, sevimli aktyor va aktrisalari ishtirokidagi sahnalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, ulardan dastxat olish yoki suratga tushish imkoniyati har qanday dizi muxlisini befarq qoldirmaydi. Quyida turk seriallari eng ko‘p suratga olinadigan beshta joy haqida ma’lumot beramiz.

1. Istanbulning Kuzgunjuk mahallasi

Bu hududda seriallar va kliplar suratga olish guruhlarini tez-tez uchratishimiz mumkin bo‘lgan joylardan. Rang-barang ko‘chalar rejissyorlar uchun tayyor tabiiy dekoratsiyaga aylanadi.
Aynan shu yerda “Qalbim eshigini qoq” serialidagi Ayferning gul do‘koni va “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamolning uyi joylashgan edi. Bu tuman o‘zining tor ko‘chalari, rangli uslubdagi uylari bilan mashhur. Mahalliy aholi ham juda mehmondo‘st bo‘lib, sayyohlarga yo‘l ko‘rsatishga yordam berishga tayyor.
2. Istanbulning Beyo‘g‘lu tumani

Beyo‘g‘lu shahar markazidagi yirik tuman. Unda Galata minorasi joylashgan bo‘lib, u “Qo‘rg‘on sirlari”, “To‘rg‘ay” va “Sevgi iztirobi” kabi seriallarda ko‘p bora ko‘ringan.
Yangi va eski binolar uyg‘unlashuvi tufayli bu joydan rejissyorlar tez-tez foydalanadi. “Sevgi iztirobi”dagi mashhur “Otantik” kafesi ham shu yerda joylashgan.
3. Istanbul viloyati, Fatih shahridagi Balat tumani

“Chuqur” seriali ishqibozlari bu tumanga albatta kirib o‘tishlari kerak. Bu joy kriminal dramalar uchun ayni muddao. Qadimiy uylar grafiti bilan to‘la tor ko‘chalarga tutashib ketgan.
“Qizil sharbat” serialining ayrim sahnalari shu yerda suratga olingan. 2025-yil sentyabridan boshlab ushbu loyiha aktyorlari yana shu yerga qaytishi kutilmoqda.
4. Narli qishlog‘i, Mardin viloyati

Agar siz “Olis shahar” yoki “Beqaror” serialining muxlisi bo‘lsangiz, bu joyni albatta ko‘rishingiz kerak. Qadimiy Mardin viloyatining go‘zal bir qismi bo‘lgan Narli qishlog‘i o‘zining betakror arxitekturasi bilan ajralib turadi. Bu yerning o‘zi allaqachon diqqatga sazovor joyga aylangan. Agar aktyorlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lmasangiz ham, bu joyni ziyorat qilish o‘ziga xos estetik zavq bag‘ishlaydi.
2025-yil kuzida Mardin yaqinidagi boshqa shaharlar ham yangi seriallar uchun suratga olish maydonchasiga aylanishi mumkin.
5. Istanbulning Bebek tumani

Ro‘yxatni Bebek tumani bilan yakunlaymiz. Bu nafaqat mashhur suratga olish maskani, balki ko‘plab turk yulduzlarining yashash joyi hamdir.
“Qizil sharbat” serialining asosiy sahnalari aynan shu yerda, xususan Unal oilasining saroyida suratga olingan. “Qo‘rg‘on sirlari” serialining ham ko‘plab sahnalari shu yerda olingan.
Izoh (0)