• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Dollar keskin qadrsizlanmoqda: bunga sabab nima?

    Joriy yil 5-iyun kuni 1 AQSH dollari 12 831 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 23-iyundagi rasmiy kurs 12 496 so‘mga tushdi. Mazkur davrda so‘m 2,6 foiz atrofida mustahkamlandi. Lekin ayrim iqtisodchilar “bu valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanyapti”, demoqda. 

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda dollar kursi 2024-yil martidan beri ilk bor 12 500 so‘mdan pasaydi. Joriy yil iyunida AQSH valyutasi so‘mga nisbatan sezilarli qadrsizlanish trendiga o‘tdi. Iqtisodchilar tahliliga ko‘ra, bunga qator omillar taʼsir ko‘rsatmoqda.

    Infografika: “Daryo”
    Infografika: “Daryo”

    Dollar kursiga taʼsir qilayotgan omillar

    Valyuta kursiga taʼsir qiluvchi eng muhim omillardan biri mamlakat tashqi savdosidir. Joriy yil yanvar—aprel oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 11,9 milliard dollarga yetib, 2024-yil mos davridagidan 35,1 foizga ko‘paydi.

    Eksport tushumlarining 5,55 milliard dollari (46,1 foizi) oltin sotuvidan kelgan. Bu davrda qimmatbaho metall savdosi o‘tgan yilning dastlabki to‘rt oyidagi sotuvdan 62,3 foiz ko‘proq bo‘lgan. Eksport ortishida oltinning jahon bozoridagi narxi juda yuqori darajada shakllangani muhim rol o‘ynamoqda (23-iyun holatiga 1 unsiya oltin 3 376 dollar).

    Xorijdan O‘zbekistonga mehnat muhojirlari jo‘natgan pul o‘tkazmalari miqdori keskin o‘syapti. Xususan, 2025-yil I chorakda mamlakatga pul o‘tkazmalari 32 foizga ko‘payib, 3,3 milliard dollarni tashkil etgan.

    Shu bilan birga, ichki bozorda xorijiy valyuta taklifi ortishiga mamlakatga xorijiy investitsiyalar ko‘paygani ham o‘z hissasini qo‘shyapti. Xususan, yanvar—mart oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, boshqa va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hajmi 6,1 milliard dollarni tashkil etgan va bu o‘tgan yil mos davriga nisbatan 10 foizga yuqori.

    Ayni paytda global iqtisodiyotda noaniqliklar ko‘lami kengaygan. Xalqaro savdoda AQSH boj tariflari hamda geosiyosiy ziddiyatlar sabab dollar qadri pasaymoqda. Jumladan, 2025-yil boshidan beri AQSH dollari indeksi asosiy valyutalarga nisbatan qariyb 9,1 foizga qadrsizlangan. Natijada yil boshidan dollarga nisbatan yevro 11,9 foizga, Shveysariya franki 11,4 foizga, Rossiya rubli 30 foizga, Koreya voni 5,7 foizga, Xitoy yuani 2 foizga, Qozog‘iston tengesi 1,2 foizga mustahkamlandi.

    Infografika: “Daryo”
    Infografika: “Daryo”

    Iqtisodchi Yuliy Yusupov fikricha, hozirgi holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri. Chunki bunda so‘m qadri ortmayapti, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilmoqda.

    “O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori AQSH emas, balki Xitoy, Rossiya va Yevropa ekan, so‘m real qiymatda inflyatsiya darajasida qadrsizlanmoqda. Yaʼni so‘m real hisobda mustahkamlangani ham, keskin tushayotgani ham yo‘q”, deb yozadi mutaxassis.

     

    Infografika: “Daryo”
    Infografika: “Daryo”

    Dollar kursi pasayishining aholi cho‘ntagiga taʼsiri

    Dollar kursi oshishi inflyatsiyani o‘stirib, narx-navo qimmatlashishiga olib keladigan omillardan sanaladi. Ammo yuqorida qayd etilganidek, AQSH valyutasi prezident Donald Tramp siyosati tufayli nafaqat so‘mga, balki boshqa valyutalarga nisbatan ham qadrsizlanmoqda.

    Dollar qadrsizlanishda davom etishi O‘zbekistonda inflyatsiya pasayishi, demakki, isteʼmol tovarlari narxlari arzonlashishiga olib keluvchi omil bo‘lishi mumkin. So‘m mustahkamlanishi aholi xarid qobiliyatini oshiradi, qolaversa import tovarlar narxi arzonlashishiga olib keladi.

    Mamlakatda inflyatsion kutilmalar shakllanishida dollar kursi istiqboli muhimligi hisobiga almashuv kursi barqarorlashishi aholi va biznes inflyatsion kutilmalariga ijobiy taʼsir qiladi. Bu o‘z navbatida, aholida dollarga bog‘langanlik darajasi kamayishiga va natijada iqtisodiyotda dollarlashuv darajasi pasayishiga xizmat qiladi. Natijada aholi pullarini so‘mda saqlashga qo‘rqmaydi. Chunki kurs barqarorligiga ishonch bo‘ladi.

    Dollar kursi kutilmalari bormi?

    O‘zbekistonda 2017-yil sentyabrdan boshlab erkin suzuvchi almashuv kursi rejimiga o‘tilgan. Bu tizimda kurs valyuta birjasida shakllanadi. Har kuni birja ishtirokchilarining talabi va taklifi asosida yuzaga kelgan rasmiy kurs Markaziy bank tomonidan eʼlon qilinadi. Ertasi kuni tijorat banklari o‘z kurslarini shunga qarab belgilashadi.

    Markaziy bank masʼullarining aytishlaricha, nominal almashuv kursini oldindan prognoz qilib bo‘lmaydi. Chunki bu juda ham taʼsirchan ko‘rsatkichdir.

    Almashuv kursi asosan ichki bozordagi xorijiy valyuta taklifi va unga bo‘lgan talab hajmiga bog‘liq. Jumladan, oltinning xalqaro birja narxlari va undan boshqa eksport mahsulotlari narxlari, va umuman eksport tushumlari hamda import to‘lovlari hajmi, asosiy hamkor davlatlar milliy valyutalari kursi, xorijiy investitsiyalar hajmi, shuningdek, boshqa omillarga bog‘liq.

    Shunday bo‘lishiga qaramay, kurs masalasida baʼzi kutilmalar mavjud. Masalan, O‘zbekistonning 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan Byudjetnomasida ayrim “signal”lar eʼtiborni tortadi. Qayd etilishicha, 2025-yilgi davlat byudjeti parametrlarida dollar kursi yillik o‘rtacha 13 250 so‘mdan hisoblangan. Yaʼni kurs bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, mazkur qiymatidan yuqori darajada shakllanish ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, 2026-yilda 1 dollar 13 725 so‘m, 2027-yilda 14 150 so‘mdan hisobga kiritilgan.

    S&P xalqaro reyting agentligining 2024-yil noyabrdagi prognozlari esa nisbatan yuqori. Tashkilot kutilmalariga qaraganda, 2025-yil yakunida 1 AQSH dollari qiymati 13 650 so‘mga yetadi. 2026-yil oxiriga borib esa 14 300 so‘mgacha, 2027-yil so‘ngida 15 000 so‘mgacha oshishi mumkin.

    Dollar kursi oshishi so‘mning qadrsizlanishini anglatadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, milliy valyuta almashuv kursining 100 so‘mga qadrsizlanishi yillik davlat byudjeti xarajatlarining 240 milliard so‘mga oshishiga olib keladi. O‘tgan 2024-yilda so‘m dollarga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlandi. Joriy yilda ham milliy valyuta qadrsizlanishi 5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda (yil boshidan beri 3,3 foiz qadrsizlangan).

    23 iyun, 18:37   Izoh (0)   10991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #dollar kursi#Markaziy bank#AQSH#O‘zbekiston#global iqtisodiyot#pul

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar kursi besh yil ichida qanchaga oshdi?

    15.11.2023, 21:10

    O‘zbekistonda katta sarmoyalar kiritilishiga qaramay, gaz qazib olish hajmi qisqarib, import ulushi o‘smoqda

    26.03.2024, 17:19

    O‘zbekistonliklar iPhone 16 Pro sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?

    13.09.2024, 19:15

    O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

    18.11.2024, 15:56

    “Kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha oshadi”. O‘zbekistonda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdimi?

    29.11.2024, 19:52

    O‘zbekiston banklari aholidan qancha dollar sotib olgani maʼlum qilindi

    29.11.2024, 21:15

    Qadrsiz so‘m. Nega o‘zbekistonliklar milliy valyutamizga ishonmaydi?

    20 yanvar, 19:35

    Kutilma va tahlillar: kelgusi uch yilda dollar kursi qanchaga oshadi?

    15 mart, 11:00

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    20 iyun, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31

    AQSH va Xitoy savdosidagi o‘sish bojlar tufayli pasaygani ma’lum qilindi

    Dunyo | 14 iyul, 21:20

    Issiqda qaysi yeguliklarni yetkazib berish xizmati orqali buyurtma berib bo‘lmaydi?

    Maslahatlar | 14 iyul, 20:59

    Toshkentda aholi bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 20:45

    Yozgi superfud: pomidorning immunitetdan yurakkacha bo‘lgan salomatlikka ta’siri

    Salomatlik | 14 iyul, 20:25

    Wizz Air loukosteri sentyabrdan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi

    Dunyo | 14 iyul, 20:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.