• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muammoli kreditlar, shaffof bo‘lmagan amaliyotlar va davlat nazoratining yuqoriligi: O‘zbekiston moliyaviy sektori barqarorligi tahlili

    O‘zbekistonning moliyaviy tizimi so‘nggi yillarda o‘sish va islohotlar yo‘lida muayyan yutuqlarga erishdi, biroq muammolar hanuzgacha mavjud — xususan, davlatga qarashli banklarning ustun mavqei, to‘liq ochib berilmagan kredit xavflari va tartibga solishdagi bo‘shliqlar bunga misol bo‘la oladi. Bu xulosalar Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Jahon banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazgan Moliyaviy sektor baholash dasturi (FSAP) natijalarida qayd etilgan.

    Foto: Google Images
    Foto: Google Images

    Islohotlar sur’ati: umidli start

    2017-yildan beri O‘zbekiston bir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi. Valyuta kurslari birlashtirildi (bank va “qora bozor” narxi tenglashtirildi — “Daryo” izohi), narxlar bozor tamoyillariga o‘tkazildi, banklar va markaziy bank to‘g‘risidagi yangi qonunlar qabul qilindi. 2023–2024 yillarda uchta davlat banki xususiylashtirildi, yana to‘rttasi navbatda turibdi.

    Sektor hajmida ulkan o‘sish kuzatildi – moliyaviy tizim aktivlari 2017-yildan beri 9 baravar oshdi, kreditlar YIMga nisbatan 52,9 foizga yetdi. Aholiga berilayotgan kreditlar ko‘paydi, dollarlashuv esa asta-sekin kamaymoqda.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Davlat ustunligi — asosiy muammo

    Ammo bu o‘sish fonida moliyaviy sektor hanuz davlatga tayanadi. 9 ta davlat banki tizimdagi aktivlarning 60% dan ortig‘ini nazorat qiladi. Eng xavflisi – yo‘naltirilgan va imtiyozli kreditlar hanuz amalda. 2024-yil oxirida ular jami kreditlarning 24 foizini tashkil etdi (2020-yilda 39% edi).

    Bu kreditlar iqtisodiy resurslar samaradorligini pasaytiradi. 2017–2023-yillar oralig‘ida davlat bu banklarni 5,8 mlrd dollarga teng kapital bilan qo‘llab-quvvatladi (YIMning 5 foizi).

    Kredit sifati va yashirin xatarlar

    Rasmiy statistikada muammoli kreditlar (NPL) darajasi 4% deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) bo‘yicha bu ko‘rsatkich 7,8% ni tashkil etadi. Substandart kreditlar, ayniqsa, davlatga tegishli tijorat banklarida 21,5% gacha yetgan. Eng yirik 10 ta qarzdorning umumiy kreditlari miqdori bank kapitalining 142 foizini tashkil etadi.

    Stress-test natijalariga ko‘ra, og‘ir iqtisodiy sharoitlarda banklar tizimining kapital yetarlilik darajasi (CAR) belgilangan minimum 13% dan, 9,9% gacha kamayishi mumkin. Agar banklarning aktiv sifati (ya’ni kreditlarning haqiqiy xavf darajasi) to‘g‘ri baholansa, bu ko‘rsatkich yanada pasayib, 7,7% ga tushadi. Bunday holatda bank tizimi umumiy hisobda 79 trillion so‘mlik kapital tanqisligiga duch keladi, bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3,6 foiziga teng.

    Banklarda valyuta xavfi ham sezilarli darajada baland — korxonalarga berilayotgan xorijiy valyutadagi kreditlar (masalan, dollar kreditlari) ko‘plab hollarda tegishli darajada himoyalanmagan. Ya’ni, bu korxonalar daromadlarini asosan so‘mda topadi, lekin qarzini dollarda to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar dollar kursi oshsa, ularning qarzni qaytarish qobiliyati sezilarli darajada yomonlashadi — korxonalarga berilayotgan dollar kreditlari yetarlicha xedj qilinmagan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Likvidlik va inqirozga tayyorgarlik: muvozanat nozikligicha qolmoqda

    Hozirda bank tizimining likvidlik holati barqaror ko‘rinadi, biroq ba’zi banklarda depozitlar tor doiradagi yirik mijozlarga tayanadi. Bu esa kutilmagan mablag‘ chiqimlari yuz bersa, likvidlik inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.

    2025-yilda yangilangan depozit sug‘urtasi tizimi hali to‘liq ishga tushmagan, ayniqsa yuridik shaxslar omonatlari bo‘yicha. Bundan tashqari, favqulodda likvidlik yordami (ELA) va erta aralashuv mexanizmlari uchun zarur bo‘lgan institutlar va huquqiy asoslar hanuz yetarli darajada shakllanmagan.

    Shu sababli, tizim yuzaki barqarorlikka ega bo‘lsa-da, real inqiroz holatlariga qarshi to‘liq tayyor emas.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Nima qilish kerak?

    XVJ O‘zbekiston moliyaviy sektori barqarorligini saqlash uchun quyidagilarni tavsiya qilmoqda:

    • Banklarni tugatish to‘g‘risidagi qonunni (BRLL) qabul qilish.

    • Moliyaviy barqarorlik kengashini tashkil etish.

    • Yo‘naltirilgan va imtiyozli kreditlarni bosqichma-bosqich tugatish.

    • Markaziy bank mustaqilligini kuchaytirish.

    • Aktivlar sifati bo‘yicha aniq hisobot berish va davlat banklaridagi tijorat va subsidiyalangan kreditlarni ajratib ko‘rsatish.

    Xulosa: Uzoq muddatli va mustahkam o‘zgarishlar sari yo‘l

    O‘zbekiston moliyaviy sektori tashqi zarbalarga dosh bera oldi, ammo yashirin muammolar — davlatga tayanish, shaffof bo‘lmagan kredit amaliyotlari — jiddiy xatar bo‘lib qolmoqda. Bugun bu tizimni demontaj qilish emas, balki uni shaffof, hisobdor va bozorga mos shaklga keltirish muhim.

    Agar siyosiy iroda va institutsional intizom davom etsa, O‘zbekiston moliyaviy sektori haqiqiy barqaror o‘sish omiliga aylanishi mumkin.

    25 iyun, 13:10   Izoh (0)   1906
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

    25 iyun, 12:54

    O‘zbekistonning barcha hududlarida harorat pasayishi kutilmoqda

    25 iyun, 12:10

    Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

    25 iyun, 10:56

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    25 iyun, 08:38

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    24 iyun, 23:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq birinchi xonimni hibsga olishni talab qilmoqda

    Dunyo | 7 avgust, 13:15

    O‘zbekistonda 8-avgust kuni 40 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 13:00

    Tomoshabinlar nafratiga duchor bo‘lgan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari

    Kino | 7 avgust, 12:51

    Apple Tramp bosimi ostida AQSHga 100 mlrd dollar sarmoya kiritadi

    Dunyo | 7 avgust, 12:30

    Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan 22 yoshli yigit ushlandi

    Dunyo | 7 avgust, 12:10

    Rasman. Son Hyon Min — “Los Anjeles” futbolchisi

    Sport | 7 avgust, 12:04

    Instagram: tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yorqinxo‘ja Umarov, firibgardan ogohlantirayotgan Shahlo Zoirova, AQSHga ketayotgan “Qalpoq”chilar

    Madaniyat | 7 avgust, 11:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.