• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida joriy etilgan “Chegara bilmaydigan ish” integratsiyalashgan platformasiga qo‘shilishi mumkin

    Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida nutq so‘zladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari proteksionizm va sanksiyalar siyosatining kuchayishi, savdo-logistika zanjirlarining buzilishi va xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishi oqibatlarining salbiy taʼsiri O‘zbekistonda to‘liq his etilayotganini taʼkidladi.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Avvalo, an’anaviy samimiy qabul va bugungi uchrashuvimizni yuqori darajada tashkil etgani uchun Belarus respublikasi prezidenti hurmatli Aleksandr Grigorevich Lukashenkoga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

    Shuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida Belarus tomonining samarali raisligini, bu davrda ko‘ptomonlama amaliy hamkorlik sezilarli tarzda faollashganini ta’kidlamoqchiman.

    Bugun hamkasblarimning nutqlarida jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan murakkab vaziyatga baho berildi. Proteksionizm va sanksiyalar siyosatining kuchayishi, savdo-logistika zanjirlarining buzilishi va xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishi oqibatlarining salbiy ta’sirini biz O‘zbekistonda to‘liq his etmoqdamiz.

    Bizning tabiiy va an’anaviy sheriklarimiz bo‘lgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    Fursatdan foydalanib, joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumini qo‘llab-quvvatlagani va ularning ishida delegatsiyalaringiz faol ishtirok etgani uchun barcha hamkasblarimga minnatdorlik izhor etaman.

    Ushbu tadbirlar yakunida muhim kelishuvlarga erishildi, kooperatsiya bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalar belgilandi. Biz mamlakatlarimizning yanada ko‘proq yetakchi kompaniyalari va moliyaviy guruhlarini jalb etgan holda, ushbu hamkorlik maydonchalarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.

    Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

    Sizlarga O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan ko‘ptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida qisqacha ma’lumot bermoqchiman.

    Kuzatuvchi davlat maqomidagi to‘rt yillik hamkorlik davrida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga o‘sdi va o‘tgan yil yakuni bo‘yicha 18 milliard dollarni tashkil etdi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, savdo operatsiyalari nomenklaturasi, avvalambor, sanoat mahsulotlarini yetkazib berish hisobidan kengaymoqda. Qo‘shma korxonalar va loyihalar soni uch barobar o‘sdi.

    Joriy yilning mart oyida Qo‘shma ishchi guruhining to‘rtinchi majlisi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, uning yakunida texnik to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va ishbilarmonlik tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Biz 40 ta aniq chora-tadbirni qamrab olgan, uch yilga mo‘ljallangan yangi rejani amalga oshirishga kirishdik.

    O‘zbekiston, shuningdek, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining muhim tashabbuslarida, jumladan, “Yevrosiyo agro ekspress”, elektron savdoni rivojlantirish, yuklarni tashishni raqamlashtirish hamda iqlim masalalari kabi loyiha va dasturlarda faol ishtirok etmoqda.

    Aprel oyida barcha tartib-taomillarni yakuniga yetkazdik va Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shildik. Bank bilan hamkorlikda infratuzilmani modernizatsiya qilish, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo sohalari va boshqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli ishlab chiqilmoqda. 

    Hurmatli hamkasblar!

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan sheriklikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tmoqchiman.

    Biz o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirishga muhim ahamiyat qaratamiz.

    O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi erkin savdo hududi faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq barcha kelishuvlarni to‘liq hajmda bajarmoqda.

    Savdo operatsiyalari tartib-taomillarini soddalashtirish va texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirishga qaratilgan qator takliflarimiz ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilishini tezlashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

    Biz, shuningdek, savdoni qo‘llab-quvvatlashda texnik tartibga solishning raqamli tizimlari va Ittifoqning raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevrosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi kabi vosita va mexanizmlarga qo‘shilishdan manfaatdormiz. Bu bizning biznesimiz uchun sharoitni sezilarli darajada yengillashtiradi, mamlakatlarimizning tovar bozorlariga o‘zaro kirishida qulay imkoniyatlarni ta’minlaydi.

    Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt jadal rivojlanib borayotganini hisobga olib, raqamlashtirish sohasida ko‘ptomonlama hamkorlik qilish istiqbolga ega, deb hisoblaymiz.

    Elektron savdo, mahsulotlarning raqamli markirovkasi, yangi avlod logistika platformalarini yaratish, aniq tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yo‘nalishlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qilishni taklif etamiz.

    Shuningdek, O‘zbekiston o‘tkazish punktlarining yagona integrallashgan axborot tizimida ishtirok etish imkoniga ega ekanini ham ta’kidlamoqchiman. Bu, eng avvalo, chegaralardan o‘tishni tezlashtirish, monitoring samaradorligi va barcha jarayonlar shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

    Texnik jihatdan biz bunday loyihalarda faol ishtirok etishga tayyormiz.

    Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishga tushirilgan dasturlar, jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Ishbilarmonlik kengashi bilan qo‘shma chora-tadbirlar doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif etamiz.

    Sanoat sohasidagi loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hamda sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar transferi bo‘yicha Yevrosiyo tarmog‘i platformasi imkoniyatlaridan foydalanishdan manfaatdormiz.

    Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hamkorligi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimdir. Bu o‘rinda so‘z, avvalo, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan agrokooperatsiya dasturini qabul qilish haqidagi tashabbusimizni amalga oshirish haqida bormoqda. Ushbu dastur ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari harakatlanishi tartiblarini soddalashtirish, “yashil” yo‘laklarning samarali faoliyati va ularni kengaytirishni nazarda tutadi.

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda mehnat resurslari tartib-taomillarini soddalashtirish va safarbar etilishini oshirish bo‘yicha faol ish olib boryapmiz. Shu munosabat bilan mehnat bozorida talab katta bo‘lgan sohalarda professional standartlar va malaka talablarini yaqinlashtirish masalalari bo‘yicha ekspertlar maslahatlashuvlarini o‘tkazishni taklif etamiz.

    Agar hamkasblarimiz qo‘llab-quvvatlashsa, biz tashkilot doirasida joriy etilgan “Chegara bilmaydigan ish” integratsiyalashgan platformasiga ham qo‘shilamiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    So‘zimning yakunida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida biz amaliy hamkorlikni kengaytirishga sodiq ekanimizni yana bir bor tasdiqlayman.

    Aminmanki, O‘zbekistonning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ko‘ptomonlama dastur va loyihalarda ishtirok etishi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi va bugungi sharoitda mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishiga imkon beradi.

    27 iyun, 17:09   Izoh (0)   884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin” — prezident

    20 iyun, 13:29

    Qashqadaryoda chorvadorga mol sonini ko‘paytirish uchun arzon resurslar ajratiladi

    20 iyun, 13:45

    Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

    20 iyun, 15:31

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    20 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    20 iyun, 19:09

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    20 iyun, 23:05

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

    23 iyun, 14:25

    Ulan-Batorda O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston biznes-forumi o‘tkazildi (foto)

    23 iyun, 15:30

    O‘zbekistonda elektr isteʼmoli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan taʼminlaydigan tizimga o‘tkaziladi

    23 iyun, 20:49

    Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    23 iyun, 20:59

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    23 iyun, 22:52

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    23 iyun, 23:36

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

    24 iyun, 09:39

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurdi (foto)

    24 iyun, 15:00

    Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekistondagi OTMlarda taʼlim olishi qayta tiklanadi

    24 iyun, 18:31

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi

    24 iyun, 19:44

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari tomonidan imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi

    24 iyun, 20:25

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    24 iyun, 21:51

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    24 iyun, 23:15

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

    25 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash bekor qilinadi 

    25 iyun, 14:35

    Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

    25 iyun, 14:38

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    25 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga boradi

    26 iyun, 12:21

    O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishi ma’qullandi

    26 iyun, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi

    26 iyun, 17:01

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    26 iyun, 22:22

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    26 iyun, 23:01

    Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

    27 iyun, 10:02

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    27 iyun, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10

    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 27 iyun, 19:30

    Tramp Salvadorga adashib yuborilgan muhojirni qayta deportatsiya qiladi

    Dunyo | 27 iyun, 19:55

    Pokistonda yog‘gan kuchli yomg‘ir kamida 7 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 27 iyun, 19:40

    Qozon va Samarada ro‘y bergan migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarga o‘zbeklar aralashmagani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 19:30

    Kinosayohat: Gollivudning mashhur film va seriallari suratga olingan lokatsiyalar

    Kino | 27 iyun, 19:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.