Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 27-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:
- dollar 54,63 so‘mga ko‘tarilib, 12 586,41 so‘m bo‘ldi;
- yevro 220,70 so‘mga oshib, 14 758,82 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,60 so‘mga ko‘tarilib, 160,42 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 75,53 so‘mga ko‘tarilib, 12 531,78 so‘m bo‘lgandi.
O‘zbekistonda 17-iyundan boshlan dollar kursi ketma-ket bir necha kun pastlab borgandi. 24-iyunda ushbu valyuta rasmiy kursi 12 410,99 so‘mni tashkil etdi. Ayrim iqtisodchilar dollarning bunday keskin pastlaganini valyuta mustahkamlanishi emas, dollar global miqyosda qadrsizlanishi ekanini aytdi. Jumladan, Yuliy Yusupov bu holatni so‘m mustahkamlanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini, chunki bunda so‘m qadri ortmayotgani, balki dollarning xalqaro miqyosda zaiflashuvi kuzatilayotganini bildirdi.
Izoh (0)