• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev YOII sammitida ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida YOII huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi maqomida Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon (videomurojaat yo‘lladi) hamda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Baqitjan Sag‘intayev ham qatnashdi. Mehmon sifatida Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid Ol Nahayon, Mo‘g‘uliston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nam-Osorin Uchral va MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

    Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston prezidenti nutqining avvalida YOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

    Tashkilotga aʼzo mamlakatlarga ularning delegatsiyalari joriy yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumida faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirildi.

    Ushbu tadbirlar yakunida muhim kelishuvlarga erishilgani, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va istiqbolli loyihalari belgilab olingani alohida taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik qay darajada rivojlanayotgani to‘g‘risida maʼlumot berdi. Xususan, kuzatuvchi davlat maqomidagi hamkorlik davrida O‘zbekistonning Ittifoq mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga oshib, o‘tgan yil yakuniga ko‘ra 18 milliard dollarni tashkil etdi.

    2025-yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhning to‘rtinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, uning yakunida texnik to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va ishbilarmonlik tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Qariyb 40 ta aniq tadbirni qamrab olgan yangi uch yillik rejani amalga oshirish boshlandi. O‘zbekiston YOIIning muhim tashabbuslari, jumladan, “Yevrosiyo agroekspress”, elektron savdoni rivojlantirish, yuk tashishni raqamlashtirish va iqlim kun tartibi kabi loyiha va dasturlarida ham faol ishtirok etmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, aprel oyida O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankini taʼsis etish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish jarayonlari yakunlandi. Bank bilan birgalikda infratuzilmani modernizatsiya qilish, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo va boshqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli ishlab chiqilmoqda.

    Davlat rahbari YOII bilan sheriklikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

    O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasidagi erkin savdo zonasi faoliyatini taʼminlash bilan bog‘liq barcha kelishuvlarni to‘liq bajarib kelayotgani taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu maʼnoda, O‘zbekistonning savdo operatsiyalarini texnik tartibga solish tartib-taomillarini soddalashtirish va tizimlarini yaqinlashtirishga qaratilgan qator takliflarini ekspertlar darajasida ishlab chiqishni jadallashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston savdoni qo‘llab-quvvatlash vositalari va mexanizmlarida — YOII texnik jihatdan tartibga solishning raqamli tizimi va raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevrosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi kabilarda qatnashishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

    Zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt jadal rivojlanayotganini hisobga olib, raqamlashtirish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari ko‘rsatib o‘tildi. Bu borada elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalash, yangi avlod logistika platformalarini yaratish, muayyan tarmoqlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qilish taklif etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, O‘zbekiston o‘tkazish punktlarining yagona integratsiyalashgan axborot tizimida ishtirok etishi mumkinligi taʼkidlandi. Bu chegaralardan o‘tishni tezlashtirish, monitoring samaradorligi va barcha tartib-taomillarning shaffofligini taʼminlash imkonini beradi.

    Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan dasturlar doirasida, shu jumladan YOII Ishbilarmonlar kengashi bilan birgalikda amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

    O‘zbekiston sanoat loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hamda Sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar transferi bo‘yicha Yevrosiyo tarmog‘i platformasining imkoniyatlaridan foydalanishdan manfaatdor ekanligi aytildi.

    Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamkorligi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonning YOII mamlakatlari bilan Agrokooperatsiya dasturini qabul qilish haqidagi tashabbusni amalga oshirish shular jumlasidan. Ushbu dastur ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish qoidalarini soddalashtirish, “yashil” yo‘lakning samarali ishlashi va kengaytirilishini nazarda tutadi.

    Bundan tashqari, YOII bo‘yicha hamkorlar bilan tartib-qoidalarni soddalashtirish va mehnat resurslari harakatchanligini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalarda kasbiy standartlar va malaka talablarini yaqinlashtirish masalalari yuzasidan ekspertlar maslahatlashuvini o‘tkazish taklif etildi.

    Shuningdek, tashkilot doirasida ishga tushirilgan “Chegarasiz mehnat” integratsiyalashgan platformasiga qo‘shilishga tayyorlik ham bildirildi.

    Yakunda davlat rahbari O‘zbekistonning YOII doirasidagi ko‘p tomonlama dastur va loyihalarda ishtiroki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga hamda mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidladi.

    27 iyun, 18:05   Izoh (0)   869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#sammit

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston prezidenti sammitda qatnashish uchun Samarqandga keldi

    3 aprel, 16:40

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishib oldi

    3 aprel, 21:15

    Samarqandda boshlangan sammit, “Tashabbusli budjet”da qo‘shimcha g‘olib deb topilgan loyihalar, bog‘chada bolalarni urgan tarbiyachi: 3-aprelning eng muhim xabarla...

    3 aprel, 23:03

    Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida tarixiy qaror qabul qilinadi

    4 aprel, 12:51

    Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

    21 may, 16:17

    “Ukraina atrofidagi vaziyatni diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga qaratilgan amaliy saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    21 may, 16:25

    Shavkat Mirziyoyev Ostonada strategik ahamiyatga ega tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda

    30 may, 11:19

    Bolgariyada O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakolatxonasi ochiladi 

    10 iyun, 13:10

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi

    16 iyun, 19:54

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    17 iyun, 09:54

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va infratuzilma makoni" uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi

    17 iyun, 19:30

    Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti: mintaqaviy hamkorlik manzarasi va istiqbollar

    18 iyun, 16:38

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

    23 iyun, 14:25

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildi

    24 iyun, 19:44

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hukumatlari tomonidan imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi” qabul qilinadi

    24 iyun, 20:25

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    24 iyun, 21:51

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    24 iyun, 23:15

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari an’anaviy mo‘g‘ul bellashuvlarini tomosha qildi (foto)

    25 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash bekor qilinadi 

    25 iyun, 14:35

    Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tashrifi yakunlandi

    25 iyun, 14:38

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    25 iyun, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga boradi

    26 iyun, 12:21

    O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishi ma’qullandi

    26 iyun, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Minskka jo‘nab ketdi

    26 iyun, 17:01

    Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib bordi

    26 iyun, 22:22

    “Daryo” dayjesti: 26-iyunning eng muhim xabarlari

    26 iyun, 23:01

    Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

    27 iyun, 10:02

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    27 iyun, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.