Apple va Google akkauntlaridan 16 mlrd parol internetga tarqaldi, deb xabar berdi Forbes.

Maʼlum qilinishicha, tadqiqotchilar tomonidan bugunga qadar ko‘rilmagan maʼlumotlar sizib chiqish holati aniqlandi. Buning natijasida turli mashhur xizmatlar (Apple, Google, Facebook, Telegram va boshqalar) hamda davlat platformalaridagi akkauntlarning 16 milliardga yaqin login va parollardan ochiq foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Ayrim mutaxassislar bu hodisani tarixdagi eng yirik maʼlumot sizib chiqishi deb baholamoqda. Barcha onlayn akkauntlar parollarini darhol o‘zgartirish va imkon qadar ko‘p bosqichli himoyani faollashtirish qatʼiy tavsiya etilmoqda.
Bu nima degani?
16 milliard turli platformalardan olingan, shaxsiy akkauntlarga tegishli login va parollar ommaviy ravishda internetda yoki dark web’da tarqalgan bo‘lishi mumkin. Ular orasida Apple ID, Google akkauntlari, ijtimoiy tarmoqlar, bank akkauntlari, elektron pochtalar, va boshqa turli veb-saytlardagi akkauntlar ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Qanday xavflar bor?
1. Akkaunt o‘g‘irlanishi (hacking)
- Agar sizning parolingiz ham tarqalgan bo‘lsa, kimdir sizdan oldin akkauntingizga kiradi.
2. Fishing va firibgarlik
- Kiberhujumchilar sizning nomingizdan boshqalarga yozishi, yoki shaxsiy maʼlumotlaringizni so‘rab, aldashi mumkin.
3. Moliyaviy yo‘qotishlar
- Google Pay, Apple Pay, onlayn bank, PayPal va shunga o‘xshash xizmatlarga ulangan hisoblar orqali pul yechib olinishi mumkin.
4. Shaxsiy maʼlumotlar tarqalishi
- Sizning shaxsiy suratlaringiz, xavfsiz maʼlumotlaringiz, elektron xatlaringiz ham chiqib ketishi mumkin.
Nima qilish kerak?
- Parolingizni darhol almashtiring
- Ikki bosqichli autentifikatsiya qo‘llang
- Qiyin, uzun va turli belgi, raqam, katta va kichik harflardan iborat parollar tuzing.
Izoh (0)