2013-yilda HTC One (M7), joriy yil boshida esa One (M8) smartfonlari taqdim etildi. 2015-yilda yangi HTC One (M9) smartfoni taqdim etilishi kutilayotgan bir paytda, kompaniyaning keyingi falgman smartfoni bunday nomlanmasligi haqida mish-mish paydo bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, yangi HTC smartfoni qanday nomlanishi haqida ma’lumot yo‘q, ammo u “M-nimadir” deya nomlanmasligi taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Desire smartfoni modellari ham 820, 610, 310 kabi raqamlar bilan ajratilib kelingan edi. Ammo bu an’ana yaqinda taqdim etilgan HTC Desire Eye selfi smartfoniga kelib o‘zgardi.
Izoh (0)