Qon saratoni, jumladan, leykemiya va limfoma, bugungi kunda hayoti uchun eng xavfli bolalar kasalliklari sirasiga kiradi. Beta-talassemiya kabi irsiy yoki onkologik bo‘lmagan qon kasalliklari ham jiddiy patologiya hisoblanadi. Standart davolash usullari (jumladan, kimyoterapiya va radioterapiya) yetarli bo‘lmaganda, suyak iligi transplantatsiyasi davolashning yagona samarali usuli bo‘lishi mumkin. Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ining suyak iligi transplantatsiyasi bo‘limida yosh bemorlar tajribali mutaxassislarning malakali yordami va g‘amxo‘rligiga ega bo‘lishadi. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, davolashning eng xavfsiz va samarali usullari qo‘llaniladi.
Suyak iligi transplantatsiyasi nima?
Suyak iligi transplantatsiyasi, ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish sifatida ham mashhur, qonning qator onkologik va yaxshi sifatli kasalliklarini, shuningdek, suyak iligi patologiyalarini davolashning samarali usuli hisoblanadi. Shikastlangan qon hujayralarini organizmga sog‘lom qon hujayralarini kiritib almashtirish usulning tamoyili hisoblanadi. Ushbu muolaja leykemiya, limfoma, talassemiya, shuningdek, o‘roqsimon hujayrali anemiya, aplastik anemiya va tug‘ma dizeritropoetik anemiyaga chalingan bemorlarda qo‘llaniladi.
Suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish nega kerak?
Baʼzi kasalliklarni davolash uchun dori-darmon terapiyasi, kimyoterapiya, radiatsion terapiyasi yoki jarrohlikning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bu ham onkologik (limfomalar, leykemiya, bosh miyani baʼzi yirik o‘smalari), ham yaxshi sifatli (talassemiya, o‘roqsimon hujayrali anemiya) patologiyalarga taalluqlidir.
Odatda transplantatsiya ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:
- Tayyorgarlik – anomal hujayralarni yo‘q qilish uchun yuqori dozali kimyoterapiyani o‘tkazish.
- Bemorni o‘zining (autologik ko‘chirib o‘tkazish) yoki donorning (allogen ko‘chirib o‘tkazish), ko‘pincha yaqin qarindoshi sog‘lom ildiz hujayralarini kiritish.
Bolalarda 95% hollarda donor suyak iligining allogen transplantatsiyasi amalga oshiriladi.
Kerakli donorni qayerdan topish mumkin?
Shifokorlar suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish davolashning eng yaxshi usuli ekanligi to‘g‘risida xulosa qilganlaridan so‘ng, bemor sog‘lom qon ildiz hujayralarining mos donorini topishi kerak bo‘ladi. Ularni bemorning o‘zidan olinadigan bo‘lsa, autologik transplantatsiya, donordan olingan taqdirda allogen transplantatsiya deb ataladi. Donor va bemor to‘qimalari turi bo‘yicha mos kelsa, allogen transplantatsiya amalga oshiriladi. Insonning leykotsitlar antigeni (HLA) ga alohida eʼtibor qaratiladi: ular qanchalik ko‘p mos kelsa, ko‘chirib o‘tkazish shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Odatda, HLA bo‘yicha to‘liq mos keladigan aka-uka yoki opa-singil eng yaxshi donorga aylanadi. Bundaylar bo‘lmagan taqdirda qidiruv ota-onalar va boshqa qarindoshlar o‘rtasida davom ettiriladi.
Basharti HLA bo‘yicha mos keladigan donor topilmasa, ikkita variant mavjud. Ildiz hujayralarini milliy yoki xalqaro suyak iligi banklaridan olish mumkin, u yerda qarindosh bo‘lmagan, ammo to‘liq mos keladigan donor tanlanadi. TÜRKÖK Turkiyadagi eng yirik va kattaligi bo‘yicha dunyoda oltinchi hisoblangan suyak iligi bankdir.
Bu yerda Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida davolanganda butun dunyo bo‘ylab ko‘plab bemorlar mos donorni topadilar. Zamonaviy usullar tufayli qisman mos keladigan qarindosh (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzand) ishtirokida muqobil yarim mos (gaploidentik) transplantatsiyani o‘tkazish mumkin. Ko‘pchilikning yonida kutish shart bo‘lmagan qisman mos keladigan yaqin qarindoshi bo‘ladi, bu esa ideal donorni topish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
Suyak iligi transplantatsiyasi qanday amalga oshiriladi?
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida biz turli xil onkologik va gematologik kasalliklarni davolashning zamonaviy usullarini taklif etamiz. Klinik vaziyatdan kelib chiqib, bemorga ko‘chirib o‘tkazishning quyidagi turlaridan biri tavsiya etilishi mumkin, jumladan:
Suyak iligining autologik transplantatsiyasi
Ushbu muolaja davomida bemordan ildiz hujayralari olinadi va muzlatish usulida saqlab qolinadi. Yuqori dozali kimyoterapiyadan so‘ng, saqlanib qolgan ildiz hujayralari bemorning organizmiga qaytariladi. Bu o‘simta hujayralarini yo‘q qilish va sog‘lom qon hujayralarini normal ishlab chiqarishni tiklash imkonini beradi. Autologik transplantatsiyalar pediatriyada kamdan-kam holatlarda qo‘llaniladi: masalan, rezistent yoki qaytalanuvchi Xodjkin limfomasida amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda, bosh miya, suyak yoki buyrak o‘smasi bo‘lganda, basharti o‘sma shikastlamagan bo‘lsa bolaning suyak iligidan foydalanish mumkin.
Suyak iligining allogen transplantatsiyasi
Agar bolaga allogen transplantatsiya lozim bo‘lsa, ildiz hujayralari birinchi navbatda donorning tos suyagidan ignali aspiratsiya yordamida olinadi. Keyin ular toki ishlatilgunga qadar hayotiyligini maksimal darajada saqlab qolishi uchun laboratoriya sharoitida qayta ishlanadi, konsentratsiyalanadi. Kimyoterapiya kursidan so‘ng tayyorlangan ildiz hujayralari bemorning qon oqimiga yuboriladi. Allogen transplantatsiya suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilishini talab qiladigan bolalar kasalliklarida, jumladan, o‘tkir leykozlarda (OML, OLL), limfomalarda, talassemiyada, o‘roqsimon hujayrali anemiyada amalga oshiriladi.
Suyak iligi transplantatsiyasi bilan qanday kasalliklar davolanadi?
Suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish leykemiya va limfomani, shuningdek, yaxshi sifatli gematologik kasalliklarni (masalan, talassemiya) davolashning asosiy usuli hisoblanadi.
Suyak iligi transplantatsiyasi eng ko‘p buyuriladigan kasalliklar ro‘yxati:
- O‘tkir limfoblastik leykoz
- O‘tkir miyeloid leykoz
- Surunkali miyeloid leykoz
- Surunkali limfotsitar leykoz
- Xojkincha bo‘lmagan limfoma
- Xodjkin limfomasi
- Amiloidoz
- Miyelodisplastik sindrom
- Miyelofibroz
- Talassemiya
- Aplastik anemiya
- Tug‘ma dizeritropoetik anemiya
- O‘roqsimon hujayrali anemiya
- Suyak iligi yetishmovchiligi
- Birlamchi immunitet tanqisligi
- Baʼzi yirik o‘smalar (masalan, bosh miya va suyakdagi o‘smalar)
Nima uchun Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ini bolalarda suyak iligi transplantatsiyasi uchun tanlashadi?
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘i suyak iligi transplantatsiyasi sohasida yetakchi tibbiyot markazlaridan biri sifatida tan olingan. Butun dunyodagi bemorlar mutaxassislarning yuqori kasbiy mahorati, davolashning hayratlanarli natijalari, innovatsion texnologiyalar, individual yondashuv va fanlararo guruhlarning muvofiqlashtirilgan ishini qadrlaganlari uchun bu yerga murojaat qilishadi. Bugungi kunga qadar bu yerda dunyoning turli burchaklaridan kelgan bolalar uchun 1200 dan ortiq suyak iligi transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Qon saratoni va yaxshi sifatli gematologik kasalliklarda ekspertlar yordami
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ining asosiy yo‘nalishi bolalar va kattalardagi onkologik va yaxshi sifatli qon kasalliklarini davolashdir. Asosiy eʼtibor leykemiya, limfoma, tarqagan miyeloma, miyelodisplastik sindrom, aplastik anemiya, talassemiya, o‘roqsimon hujayrali anemiya va autoimmun patologiyalarga qaratilgan.
Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida kimyoterapiya, radiatsiya terapiyasi va jarrohlikdan tashqari, shuningdek, shikastlangan qon hosil qiluvchi hujayralarni sog‘lom hujayralar bilan almashtiradi suyak iligi transplantatsiyasi ham qo‘llaniladi.
Butun dunyodagi bemorlar Acıbadem shifoxonalarini katta tajribamiz, yuqori muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarimiz, dunyoga mashhur ekspertlarimiz, eng so‘nggi texnologiyalar, mijozlarga yo‘naltirilgan parvarish va ajoyib jamoaviy ishimiz tufayli tanlaydilar. Gematologiya sohasidagi mutaxassislarimiz sizni va oilangizni ushbu murakkab yo‘lda qo‘llab-quvvatlash uchun zarur yordam va kuzatuvni taqdim etishga tayyor.
Ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lishni istasangiz, acibademinternational.com veb-saytimizga tashrif buyuring va aloqa darchasida muhim tafsilotlarni xabar qiling. Ekspertlarimiz jamoasi bir necha soat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Suyak iligi transplantatsiyasi: talassemiyadan potensial davo
Talassemiya - bu irsiy qon kasalligi bo‘lib, unda suyak iligi kamroq miqdorda sog‘lom qizil qon hujayralarini ishlab chiqaradi. Talassemiyaning har xil turlari va og‘irlik darajalari mavjud. Baʼzi bolalar umrbod davolanishga majbur bo‘lishadi. Ular olti oylikdan boshlab har 3-4 haftada qon quyishga muhtoj bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda suyak iligi transplantatsiyasi barqaror remissiyani taʼminlashi mumkin.
Ushbu davolashda ildiz hujayralari donordan olinadi va anomal qon hosil qiluvchi hujayralarni nobud qilish va almashtirish uchun yuqori dozali kimyoterapiyadan so‘ng bolaning qon oqimiga yuboriladi.
Bu davolash usuli yuqori samaralidir: so‘nggi 10 yil ichida Turkiyada talassemiyaga chalingan bemorlarga 1400 ga yaqin transplantatsiya o‘tkazildi. Transplantatsiyalarning 93 foizi muvaffaqiyatli o‘tdi va bemorlar tuzalib ketdi.
Bolalardagi qon kasalliklari: suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish hayotni saqlab qoladi
Qon saratoni, jumladan, leykemiya va limfoma, bugungi kunda bolalarning hayoti uchun eng xavfli kasalliklardan biridir. Beta talassemiya kabi yaxshi sifatli qon kasalliklari ham jiddiy patologiyalar sirasiga kiritiladi. Dori-darmonli, kimyoterapiya, radioterapiya va jarrohlik yetarli bo‘lmaganda, suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish yagona samarali davolash usuli bo‘lishi mumkin. Acıbadem shifoxonalari tarmog‘ining suyak iligi transplantatsiyasi bo‘limida kichik yoshli bemorlar tajribali mutaxassislar tomonidan malakali yordamga va g‘amxo‘rlikka ega bo‘ladilar. Bu yerda zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, davolashning eng xavfsiz va samarali usullari qo‘llaniladi.
Ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lishni istasangiz, acibademinternational.com veb-saytimizga tashrif buyuring va aloqa darchasida muhim tafsilotlarni xabar qiling. Ekspertlarimiz jamoasi bir necha soat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Bolalarda leykemiyani davolash: onkologik kasallik bilan zararlangan suyak iligini sog‘lom ildiz hujayralari bilan almashtirish
Leykemiya bolalarda qon saratonining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bu hujayralarning organizmdagi hayotiy funksiyalarini bajarish qobiliyatini buzadigan gematologik onkologik kasallikdir. Kimyoterapiya leykemiyani davolashning dastlabki bosqichidir, ammo bu yetarli bo‘lmasa, suyak iligi transplantatsiyasi amalga oshiriladi.
Muolaja davomida donorning sog‘lom qon ildiz hujayralari bolaning organizmiga kiritilib, shikastlanganlarni almashtiradi. Muolaja anomal qon hosil qiluvchi hujayralarni yo‘q qiladigan yuqori dozali kimyoterapiyadan so‘ng amalga oshiriladi. Shunday qilib, ko‘plab bolalarning sog‘lig‘i tiklanishi va ular uzoq umr ko‘rishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar Acıbadem shifoxonalar tizimining suyak iligi transplantatsiyasi bo‘limi butun dunyo bo‘ylab bolalarga 1200 dan ortiq suyak iligi transplantatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
TÜRKÖK: Turkiyadagi qon kasalligiga chalingan bemorlar uchun umid chirog‘i
Qonning onkologik yoki yaxshi sifatli kasalliklari bo‘lgan bemorlarga suyak iligi transplantatsiyasi talab qilinishi mumkin. Ammo har doim ham oilangizda mos (HLA-mos keladigan) donorni topish mahol. Bunday hollarda ildiz hujayralarini qarindosh bo‘lmagan, ammo to‘liq mos keladigan donor topiladigan milliy yoki xalqaro suyak iligi banklaridan olish mumkin.
TÜRKÖK Turkiyadagi eng yirik va dunyoda kattaligi bo‘yicha oltinchi hisoblangan suyak iligi bankdir. Dunyo bo‘ylab ko‘plab bemorlar Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida davolanish asnosida bu yerda mos donorlarni topadilar.
Ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lishni istasangiz, acibademinternational.com veb-saytimizga tashrif buyuring va aloqa darchasida muhim tafsilotlarni xabar qiling. Ekspertlarimiz jamoasi bir necha soat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Suyak iligi transplantatsiyasi markazida bolalarda qon kasalliklarini davolash
Agar bolaga saraton yoki qon kasalligi yoki immunitet tanqisligi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, ildiz hujayralarini ko‘chirib o‘tkazish kasallikni davolash yoki tutib turishga yordam beradi.
Acıbadem shifoxonalar tizimida bolalar gematologiyasi bo‘yicha mutaxassislarimiz bugungi kungacha 1200 dan ortiq suyak iligi transplantatsiyasini amalga oshirishdi. Ular leykemiya, limfoma, aplastik va o‘roqsimon hujayrali anemiya, talassemiya, og‘ir kombinatsiyalangan immunitet tanqisligi, suyak iligi yetishmovchiligi sindromlari, neyroblastoma va boshqa qon kasalliklari kabi kasalliklarning keng ko‘lamini davolash bilan shug‘ullanadi.
Ko‘proq maʼlumotga ega bo‘lishni istasangiz, acibademinternational.com veb-saytimizga tashrif buyuring va aloqa darchasida holatingiz to‘g‘risida hikoya qilib bering. Ekspertlarimiz jamoasi bir necha soat ichida siz bilan bog‘lanadi.
Turkiyadagi Acıbadem shifoxonalarida davolanishga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan Acıbademʼning Toshkent, Samarqand va Buxorodagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Toshkentdagi vakolatxonamizning manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.
Telefon: +998 95 144 54 45
Samarqanddagi vakolatxonamizning manzili: Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek 140.
Telefon: +998 66 234 41 71
Buxorodagi vakolatxonamizning manzili: Akademik I. Muminov ko‘chasi, 7.
Telefon: +998 55 311 54 44
Rasmiy sayt orqali barcha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru
Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlarni olish uchun, hamda tajribali va yuqori malakali shifokorlarning qabuliga yozilish uchun Acıbadem rasmiy Facebook va Instagram sahifalariga aʼzo bo‘lishingiz mumkin.
Reklama huquq asosida
Izoh (0)